Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2026   |   1 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:31
Peshin
12:28
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:54
Bismillah
14 Avgust, 2026, 1 Rabi`ul avval, 1448

Ajoyib javob! (1-qism)

29.08.2020   4496   3 min.
Ajoyib javob! (1-qism)

 

O'zga din vakillaridan biri musulmon olimiga savol berdi: “Quro'onni o'qib chiqdim va natijada menda bir necha savollar paydo bo'ldi. Ishonib aytamanki ushbu savollarimga javob bera olmaysiz”.

“Marhamat, avval savolingizni bering, xulosa qilishga aslo shoshilmang!” dedi musulmon olimi.

Savolim quyidagicha: “Baqara surasining 260-oyatida: “Ey Robbim, menga o'liklarni qanday tiriltirishingni ko'rsat”, degan. Demak, Ibrohim ham o'liklar qayta tirilishiga ishonmagan. Bu esa Qur'onning mo''jizaviy kitobligiga shubha keltiradi”.

“Avvalo oyatni to'liq aytmadingiz. Oyatning to'lig'i quyidagicha: Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga o'liklarni qanday tiriltirishingni ko'rsat», deganda, U zot: «Ishonmadingmi?» dedi. U: Ore, lekin qalbim xotirjam bo'lishi uchun», dedi. U zot: «Qushdan to'rtta olgin-da, o'zingga tortib, kesib maydala, so'ngra ulardan har bir toqqa bo'laklarini qo'ygin, keyin ularni o'zingga chaqir, huzuringga tezlab kelurlar va bilginki, albatta, Alloh aziz va hakim zotdir», dedi.

Ibrohim alayhissalom Alloh taolo o'liklarni tiriltira olishiga hech qanday shubha qilmaganlar. U zot alayhissalomning bunga ishonchlari komil edi. Shuning uchun ham Alloh taolo «Ishonmadingmi?» deb so'raganida: «Ore (ishondim), lekin qalbim xotirjam bo'lishi uchun», dedilar. Dilda ishongan narsani, ko'z bilan ko'rib, Alloh taoloning qudratidan ko'ngil xotirjam bo'lishi uchun so'raganlar.

Shuningdek, savolga yaxshilab e'tibor bering! “Ey Robbim, menga o'liklarni qanday tiriltirishingni ko'rsat”, demak “o'liklarni tiriltirasanmi?” emas balki “o'liklarni qanday tiriltirishingni ko'rsat”, deyaptilar.

Sizga bir misol, hozirda dehqon ham, cho'lda yashovchi badaviy ham uyida elektrdan foydalanadi, to'g'rimi? Lekin elektrni qanday kelishini bilmaydilar. Biroq ular hayotda undan foydalanayotganlari rost. Axir keyinchalik uni qayerdan kelishini o'rganish va bilishlari elektrdan foydalanishi yoki foydalanmasligini o'zgartirmaydiku.

Hulosa shuki, Ibrohim alayhissalom Alloh taologa bo'lgan iymonlarida hargiz shubhaning uchquni ham bo'lmagan. Bu erda siz oyatning haqiqatini tushunmagansiz xolos (savol-javobning davomi bor).

 

Yahyo ABDURAHMONOV Ubaydulloh o'g'li,

“Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Farg‘onada 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi bayramona va ko‘tarinki ruhda nishonlandi

10.08.2026   15957   1 min.
Farg‘onada 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi bayramona va ko‘tarinki ruhda nishonlandi

 

Alloh taolo ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlarning ehsonlarini dargohida qabul qilsin, mol-u jonlariga baraka, oilalariga tinchlik va xotirjamlik ato etsin. Yurtimizda bunday xayrli amallar bardavom bo‘lib, yetim bolalarning yuzidagi quvonch va tabassum hech qachon arimasin.

 

Vaqf.uz sayti orqali o‘zingiz xohlagan yo‘nalishga ehson qilishingiz mumkin!

VIDEO