Sayt test holatida ishlamoqda!
21 May, 2026   |   3 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
04:59
Peshin
12:25
Asr
17:28
Shom
19:44
Xufton
21:15
Bismillah
21 May, 2026, 3 Zulhijja, 1447

Rasululloh "Sizlarning yaxshilaringiz" degan insonlarning 7 toifasi

27.08.2020   5016   1 min.
Rasululloh

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz – ahli-oilasiga yaxshilik qiluvchilaringizdir", dedilar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz – umri uzun va amali go‘zal bo‘lganingizdir”, dedilar (Imom Ahmad, Imom Ibn Hibbon, Imom Bayhaqiy rivoyati);

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz – yaxshiligidan umid qilinuvchi va yomonligidan omonda bo‘linuvchingizdir”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Hibbon rivoyati).

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz (odamlarga) taom beradigan va salomga alik oladiganingizdir”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz qarzini go‘zal ado etuvchilaringizdir", dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning eng yaxshilaringiz axloqi yaxshilaringizdir", (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident hojilari muqaddas manzillarda kutib olindi

21.05.2026   549   1 min.
Prezident hojilari muqaddas manzillarda kutib olindi
O'zbekiston yangiliklari