Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning eng yaxshilaringiz – Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz – ahli-oilasiga yaxshilik qiluvchilaringizdir", dedilar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz – umri uzun va amali go‘zal bo‘lganingizdir”, dedilar (Imom Ahmad, Imom Ibn Hibbon, Imom Bayhaqiy rivoyati);
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz – yaxshiligidan umid qilinuvchi va yomonligidan omonda bo‘linuvchingizdir”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Hibbon rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz (odamlarga) taom beradigan va salomga alik oladiganingizdir”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz qarzini go‘zal ado etuvchilaringizdir", dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning eng yaxshilaringiz axloqi yaxshilaringizdir", (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
Bismillahir Rohmanir Rohiym
بسم الله والله أكبر اللهم منك ولك اللهم تقبل مني
O‘qilishi: Bismillahi. Vallohu akbar. Allohumma minka va laka. Allohumma taqobbal minniy.
Ma’nosi: Allohning nomi bilan. Alloh ulug‘dir. Allohim, bu Sendan va Sen uchundir. Allohim, mendan qabul et.
اللهم تقبل هذا منى كما تقبلت من حبيبك محمد و خليلك إبراهيم عليهما السلام
O‘qilishi: Allohumma taqobbal haazaa minniy kama taqobbalta min Habiybika Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Xaliylika Ibrohim alayhimassalom.
Ma’nosi: Allohim! Bu qurbonligimni habibing Muhammad, xaliling Ibrohim alayhimassalomdan qabul qilganingdek qabul qilgin.
إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ حَنِيفًا وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ
O‘qilishi: Inniy vajjahtu vajhiy lillaziy fatoros samaavaati val arz haniyfan va maa anaa minal mushrikiyn.
Ma’nosi: Men to‘g‘ri yo‘lni tanlagan holimda yuzimni osmonlar va Yerni ixtiro etgan Zotga qaratdim. Men mushriklardan emasman.
قُلْ إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
O‘qilishi: Qul inna solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy lillahi Robbil ’alamiyn.
Ma’nosi: Ayting: “Albatta, namozim, ibodatim va hayotu mamotim olamlar Robbi bo‘lmish Alloh uchundir”.
لَا شَرِيكَ لَهُ وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُسْلِمِينَ
O‘qilishi: Laa shariyka lahu va bizaalika umirtu va anaa avvalul muslimiyn.
Ma’nosi: Unga (hech qanday) sherik yo‘qdir. Mana shu (aqida)ga buyurilganman va men (Allohning buyruqlariga) taslim etuvchilarning avvaliman.
Davron NURMUHAMMAD