Poyoniga etib borayotgan Mehr va muruvvat oyi bo'lgan Ramazonning so'nggi kunlarida bir qator musulmon davlatlari mamlakatimizda umrguzaronlik qilayotgan kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kitoblardan iborat xayr-ehsonlarni ajratib kelmoqda.
Hususan, yaqinda Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan “Vaqf” xayriya jamoat fondiga hurmo mahsulotlari topshirildi. Bu jarayonda Saudiya Arabistoni podshohligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi o'rinbosari Humud Turkiy al Mutayriy, mazkur davlatning islom ishlari vazirligi xodimi Muborak Hamad Ol Hanaya, elchixona xodimi Badr Tarohib al Utaybiy, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv rahbari Isoxon Abdullayev va fondning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo'yicha mutaxassisi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
Ayni paytda mazkur xayr-ehson qutilari respublika bo'ylab tarqatilib, o'z egalariga etkazilmoqda.
Bugun, 14 sentyabr kuni Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov hamda boshqa qardosh va xorijiy davlatlar ulamolaridan iborat nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda.
Yalpi majlisda nutq so‘zlagan muftiylar o‘z ma’ruzalarida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar:
– Kengash qoshidagi Fatvo hay’ati faoliyatini rivojlantirish, ummat uchun zarur qo‘shma fatvolar ishlab chiqish va zamonaviy masalalarga shar’iy yechim topish;
– diniy ta’lim muassasalarida ustoz va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-uslubiy loyihalarni amalga oshirish;
– ekstremizm, terrorizm, takfirchilik, islomofobiya va mazhablararo nizo qo‘zg‘ash kabi tahdidlarga qarshi yakdil ma’rifiy kurashni kuchaytirish.
Shuningdek, Ulamolar diniy-ma’rifiy sohadagi ana shunday hamkorlik butun Turkiy dunyo birdamligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Anjuman davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati