Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2026   |   6 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:18
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:49
Bismillah
17 Sentabr, 2026, 6 Rabi`us soni, 1448

Kaftdek ravon va tekis

08.04.2024   2788   1 min.
Kaftdek ravon va tekis

Kechagina shodu xurramlik bilan kutib olgan muborak Ramazon oyi bugun nihoyalab qoldi. Bu xayr-saxovat va muruvvat oyida ko'plab ko'ngli o'ksik insonlar holidan xabar olinib, ularga hadyalar ulashildi.
Bu oyda qanday xayrli ish bo'lsa, hammasi amalga oshirildi. Hududlarni obodonlashtirish, ko'chat o'tqazish, gulu rayhonlar ekish.. hammasi uddalandi.
Ramazon hayitiga Bo'stonliq tumani Sobir Rahimov nomidagi mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan «Olimjon ota» jome masjidi imom-xatibi Elyorjon domla Erpo'latov tashabbusi bilan homiylar ko'magida mazkur mahallaning 144 metrli yo'liga asfal't qoplamasi yotqizilgani chinakam quvonchli voqYea bo'ldi. Bu xayrli ishga 139 million so'm homiylar mablag'i sarflangani mahalla ahlining uzog'ini yaqin qiladigan bo'ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Inson vafot etsa uchta amalining savobidan boshqa hammasi to'xtaydi. Ular – sadaqai joriya, foydali ilm va ota-ona haqqiga duo qiladigan solih farzand”, deb marhamat qilganlar.
Sadaqai joriya – oqib turadigan, ya'ni savobi mo'minga nafaqat bu dunyoda, balki qabrda ham manfaat berib turadigan go'zal ishlar majmuidir. Jumladan, jamiyat uchun o'ta manfaatli bo'lgan yo'llar va ko'priklarni qurish va ta'mirlash, maktab-madrasa va shifoxona kabilarni barpo etish ishlari ham ulamolarimiz tomonidan sadaqai joriya toifasidagi savobli ishlar, deb e'tirof etilgan.
Alloh taolo kaftdek ravon va tekis bunday yo'l qurilishiga, asfal't yotqizilishiga hissa qo'shgan barcha azizlarimizdan rozi bo'lsin.

Toshkent viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

15.09.2026   18953   1 min.
Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.


Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi
O'zbekiston yangiliklari