Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2026   |   29 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:29
Peshin
12:28
Asr
17:23
Shom
19:31
Xufton
20:58
Bismillah
12 Avgust, 2026, 29 Safar, 1448

Tavrot, Injil, Zabur va Qur'ondagi sura

08.04.2024   1935   2 min.
Tavrot, Injil, Zabur va Qur'ondagi sura

Uqba ibn Omir roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini etaklab borardim. U zot sollallohu alayhi vasallam menga: “Ey Uqba, eng yaxshi ikki surani senga o'rgatib qo'yaymi?” dedilarda Qul a'uuzu birobbil falaq” va “Qul a'uuzu birobbin-naas”ni o'rgatdilar”.

Yana Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uchratib qoldim, u zotning qo'llarini ushlab: “Yo Allohning Rasuli, mo'minning najoti nimada?” dedim”.

U zot alayhissalom: “Tilingni tiy. Uyingga sig'. Gunohlaring uchun yig'la”, dedilar.

Boshqa safar Nabiy alayhissalom meni uchratib qoldilar va qo'limni ushlab: “Ey Uqba ibn Omir! Senga Tavrot, Injil, Zabur va Qur'ondagi uchta yaxshi surani aytaymi?” dedilar.

– Ha, ayting yo Rasululloh. Ota-onam Sizga fido bo'lsin! – dedim.

– U zot menga “Ixlos”, “Falaq”, “Nos”ni o'qib berdilar. Keyin: “Ey Uqba, ularni unutma, birorta tunni bu suralarni o'qimay o'tkazma!” dedilar.

– Men ushbu suralarni aslo unutmadim. Ularni o'qimay birorta tong ottirmadim.

Boshqa hadisda Uqba ibn Omir roziyallohu anhu bunday deganlar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga har namozdan keyin “mu'avvizatayni” ya'ni “Falaq” va “Naas” suralarini o'qishni buyurdilar”.

Shuning uchun, kechasi uxlashga yotishdan avval hamda har namozdan keyin ushbu suralarni o'qishga odatlanish lozim.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir

11.08.2026   8060   1 min.
Saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir

10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

 

VIDEO