Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.
Yaqinda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash hamda Milliy-madaniy markazlar Respublika jamoatchilik kengashining “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etish yuzasidan halqimizga murojaati e’lon qilindi.
5 aprel kuni murojaat yuzasidan Namangan viloyat hokimligi, Namangan shahar hokimligi, O‘MI viloyat vakilligi, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi va milliy-madaniy markazlar bilan hamkorlikda Namangan shahridagi Adiblar xiyobonida ko‘chat ekib, bu go‘shaning obodonligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati