Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyi haqida mana bunday marhamat qilgan ekanlar:
“Muborak oy sizlarga kirib kelmoqda. Sizlarga uning ro'zasini tutish farz qilindi. U oyda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi. Unda ming oydan yaxshiroq bir kecha ham bor. Kimki bu oyning yaxshiliklaridan mahrum qolsa, haqiqatdan ham mahrum qolgandir!”
Imom Ahmad, Imom Nasoiy va Imom Bayhaqiy rivoyati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kavsar jannatdagi daryo bo‘lib, uning ikki qirg‘og‘i oltindan, o‘zani duru yoqutdan, tuprog‘i miskdan xushbo‘y, suvi asaldan shirin va qordan oqdir. Kim undan ichsa, abadiy chanqamaydi" (Imom Termiziy rivoyati).