Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyi haqida mana bunday marhamat qilgan ekanlar:
“Muborak oy sizlarga kirib kelmoqda. Sizlarga uning ro'zasini tutish farz qilindi. U oyda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi. Unda ming oydan yaxshiroq bir kecha ham bor. Kimki bu oyning yaxshiliklaridan mahrum qolsa, haqiqatdan ham mahrum qolgandir!”
Imom Ahmad, Imom Nasoiy va Imom Bayhaqiy rivoyati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishi Allohga hamd va salavot aytmasdan duo qilayotganini eshitib: "Bu kishi duo qilishda shoshildi", dedilar. So‘ngra uni chaqirib: "Sizdan birortangiz duo qilsa, Allohga hamdu sano aytib, salavot yo‘llab, keyin xohlaganicha duo qilaversin", dedilar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).