Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Ramazon — mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi

06.04.2024   1821   1 min.
Ramazon — mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi

Ushbu oyda xalqimizning mehr-muruvvat, oqibat va saxovat, o‘zgalarga ko‘mak qo‘lini uzatish, yig‘ilganni suyash kabi fazilatlari har doimgidan-da kengroq namoyon bo‘ladi. Bu Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy himoya siyosatiga g‘oyat hamohangdir.

Pop tumani "Kichik Xo‘jaobod" jome masjidida, qo‘li ochiq, saxovatpesha insonlarimiz tashabbusi bilan xayru saxovat karvoni tashkil etildi. Unda viloyat bosh imom xatibi, tuman hokimi, viloyat va tuman diniy idora vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Ramazon oyida bunday ezgu amallar hajmi yanada kengaygani, Keksalar, bemorlar, boquvchisini yo‘qotgan insonlar, ota-ona mehridan bebahra qolganlar holidan xabar olish borasidagi ishlar qamrovi yanada ortganini ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng nogironligi bo‘lganlar, yolg‘iz keksalar hamda kam ta’minlangan oilalarga mehr-muruvvat ulashib, bemorlarning holidan xabar olindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   11270   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari