1. Qur'oni karim tilovati bilan mashg'ul bo'lish.
2. Nafl namozlarni ado etish.
Alloh taolo hadisi qudsiyda aytadi: “...Bandam Menga nafl ibodatlar bilan yaqinlashib kelaveradi, hatto Men uni yaxshi ko'raman...” (Imom Buxoriy, Imom Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati).
3. Allohni ko'p zikr qilish.
“Subhaanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar va laa havla va laa quvvata illa billahil 'aliyyil 'aziym”.
4. Ota-ona, ahli-oila, yaqinlar va jamiki musulmon ummatining haqqiga duo qilish.
“Robbanag'fir liy va li vaalidayya va lilmuminiyna yavma yaquumul hisaab”.
Ma'nosi: “Robbimiz! Hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni mag'firat qilgin!”(Ibrohim surasi, 41-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Musulmon kishining birodari haqqiga qilgan g'oyibona duosi ijobat qilinuvchidir. Qachon birodariga yaxshilik tilab duo qilsa, farishta: “Omiyn, senga ham o'shancha bo'lsin”, deydi» (Imom Muslim rivoyati).
5. Ushbu duoni ko'p qilish.
“Allohumma innaka afuvvun, tuhibbul afva, fa'fu 'anniy”.
Ma'nosi: “Allohim, Sen afv qiluvchisan, afv qilishni yaxshi ko'rasan, meni afv qil (kechir)gin”.
Olimlardan biri aytadi: “Vaqt oz, ammo Allohdan so'raydigan so'rovlaring ko'p bo'lsa Allohdan avf qilishini so'ra. Agar Alloh seni avf qilsa, barcha hojat va istaklaring so'ramasang ham oldinga keladi”.
6. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish.
“Allohumma solli va sallim 'alaa Muhammadin va 'alaa aali Muhammad”.
7. Imkoniyat darajasida miskin-faqirlarga sadaqa berish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqa Allohning g'azabini o'chiradi”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
8. Istig'for aytish.
“Astag'firullohal a'ziym allaziy laa ilaha illaa huval Hayyul Qoyyum va atuubu ilayhi”.
9. Allohdan ibodatlarni qabul qilishini so'rash.“Robbana taqobbal minna innaka antas samiy'ul a'liym va tub a'layna yaa Mavlaanaa innaka antat tavvaabur rohiym. Robbanaa aatinaa fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qinaa azaabannaar. Allohumma a'innaa a'laa zikrika va shukrika va husni ibaadatik”
Davron NURMUHAMMAD
Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;
Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;
Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.
Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.
Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati