Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Aprel, 2025   |   16 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:45
Peshin
12:28
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:23
Bismillah
14 Aprel, 2025, 16 Shavvol, 1446

Xushxabar: xalqimizga yana bir yangi masjid muborak bo‘lsin!

22.08.2020   3184   1 min.
Xushxabar: xalqimizga yana bir yangi masjid muborak bo‘lsin!

Shu yil 20 avgust kuni Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi “Varroq Termiziy” masjidini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazib, bu haqdagi guvohnomani masjid xodimlariga topshirdi. Ushbu masjid viloyatdagi Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasida joylashgan. Uning nomi buyuk ajdodimiz Varroq Termiziy hazratlari nomiga qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, “Varroq Termiziy” masjidining ochilishi bilan Surxondaryodagi masjidlar soni 115 taga, Respublikamizdagi masjidlar soni esa 2072 taga yetdi.

Bir necha kun oldin Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Hilol” masjidi ro‘yxatga olingani haqida xabar bergan edik.

Alloh taolo ushbu masjidni yurtdoshlarimizga muborak qilsin. Ana shunday xayrli ishlarning barokatidan bashariyat boshiga kelgan vaboni butun dunyodan, xususan, yurtimizda ko‘tarsin, bemorlarimizga komil shifo bersin, barchamizni panohida saqlasin. Yurtimizda masjidlar ochilishiga sababchi bo‘latgan insonlardan Haq taolo rozi bo‘lsin, bunday xayrli ishlarni bardavom aylasin!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ikki sajda orasida qanday duo qilinadi?

14.04.2025   418   1 min.
Ikki sajda orasida qanday duo qilinadi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Cavol: Ikki sajda orasida “Allohummag‘firliy” deb boshlanadigan duo bor ekan. Shu duoni sajda orasida qilish mumkinmi? Ulamolar bu haqda nima deyishgan?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozning ikki sajdasi orasida mazkur duo o‘qilgani haqida hadislar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rahimahulloh Ibn Abbos roziyallohu anhumodan qilgan rivoyatda “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida “Allohummag‘firliy, varhamniy va a’finiy, vahdiniy, varzuqniy”, der edilar”, deyilgan. Boshqa rivoyatlarda bir oz farqli lafzlar aytilgan.

Mazhabimiz ulamolari bu borada kelgan barcha hadislarni o‘rganib, namozxon ushbu duoni yoki “Robbig‘firliy” ni 2 marta  o‘qishi mutlaqo joiz, ammo imomlikka o‘tgan shaxs esa buni o‘qishda qavm malollanmasligini hisobga oladi, deganlar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Sizlardan biringiz odamlarga imom bo‘lsa, yengil o‘qisin, chunki ularning orasida kasal, zaif, qarilar bo‘ladi. Agar o‘zi yolg‘iz o‘qisa, istaganicha uzun o‘qiyversin”, degan tavsiyalari ana shuni taqozo etadi.  Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar