Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2026   |   2 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
12 Noyabr, 2026, 2 Jumadul soni, 1448

20.08.2020   6794   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sirlar ishoniladigan kishi

11.11.2026   12501   1 min.
Sirlar ishoniladigan kishi

“Nopok qalbdan nopokliklar kishining tili va butun a’zolariga to‘lib-toshadi. Pokiza qalbdan esa sog‘lom fikrlar kishining tili va butun a’zolariga to‘lib-toshadi”.

* * *

“Ulg‘ayish, umrda oldinga yurishning eng go‘zal jihati shundaki, vaqt o‘tishi bilan bir paytlar sening butun kuch-quvvating va his-tuyg‘ularingni barbod qilgan ko‘plab narsalarni qanchalik arzimas va mayda bo‘lganini anglab yetasan”.

“Zodul maod”

* * *

Imom Ibn Kasir rahimahulloh aytadi: “Har bir sen bilan o‘tirgan kishi ham ulfatchilikka yarayvermaydi. Har bir ulfatga ham sirlar ishonib topshirilmaydi. Sirlarga faqat omonatdor kishilargina ishoniladi”.

“Al-Bidoya van nihoya”

* * *

“Andalus (Ispaniya) o‘z tarixining hech bir davrida arab musulmonlari davridagidek bag‘rikenglik, adolat va donishmandlik bilan boshqarilmagan”.

Stenli Leyn-Pul (ingliz tarixchisi)

 Anvar AHMAD tayyorladi.

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 15-sonidan

http://hidoyatuz.taplink.ws

Ibratli hikoyalar