Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2026   |   2 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:28
Asr
17:20
Shom
19:27
Xufton
20:52
Bismillah
15 Avgust, 2026, 2 Rabi`ul avval, 1448

Ramazon — niyatlar maqsadlarga mushtarak ayyom

10.04.2024   965   3 min.
Ramazon — niyatlar maqsadlarga mushtarak ayyom

Asrlar davomida xalqimiz uchun ma'naviy poklik, mehr-oqibat, xayru-saxovat ayyomi sifatida qadrlanib kelingan muborak Ramazon oyida qilingan har bir ezgu amal yaxshiliklarni boshlab kelishi bilan qadrli oy sanaladi.

Bugun, 10 aprel' erta tongdan mamlakatimizdagi masjidlarda hayit namozlari o'qilib, qalblarimizga quvonch indirgan shukuhli kunlar, tinch  va osoyishta kunlar quvonchi yanada ziyoda bo'lishi, xalqimizning baxtu saodati to'kis, xonadonlarimiz fayzu tarovatga to'lishi uchun duolar qilindi.

Darhaqiqat, Ramazon oyi insoniylik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni e'zozlash, tinch va farovon hayotni qadrlash, odamlarni bir-biriga hamjihat bo'lib yashashga da'vat etadigan damlar ekanligi bilan qadrlidir.  

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning bosh maqsadi ham insonni ulug'lash, aholiga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, ezgu ishlarni ziyoda qilish asnosida jamiyatda sog'lom turmush tarzini ro'yobga chiqarishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Ramazon oyi xalqimizning mehr va saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarni o'zida mujassam etganligi bajarilayotgan ezgu amallarda o'z aksini topmoqda.

Ushbu bayram xalqimizning milliy an'ana va urf-odatlariga uyg'un holda o'tkazilmoqdaki, bu har bir ishda, xususan, mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy harakatida, kam ta'minlangan oilalar holidan xabardorlikda, aholi daromadini oshirish, turmush darajasini yuksaltirish, ko'cha va xiyobonlar, mahalla va guzarlar obodligiga e'tibor, chet ellarda umrguzaronlik qilayotgan vatandoshlarga ko'rsatilayotgan ko'mak, shijoatli yoshlarimizni barkamol insonlar bo'lib kamolga etishi yo'lida amalga oshirilayotgan keng miqyosli sa'y-harakatlar keyingi yillarda Yangi O'zbekiston tamoyiliga aylandiki, bu, Vatan taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishda zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda. Niyatlar maqsadlarga mushtarak ekanligini ko'rsatmoqda.

Inson qadrini ulug'lash, uning haq-huquqlarini ta'minlash har nedan-da ulug' ne'mat sanaladi. Davlatimiz rahbari muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag'rikenglik, mehr-oqibat va kechirimli bo'lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida”gi farmonni imzolashi ortidan Ramazon ayyomi kunlarida yuzlab xonadonlarga shukronalik, xursandchilik olib kirdi.  

Kuni kecha Davlatimiz rahbarining xalqimizga yo'llagan Ramazon ayyomi tabrigida aytilganidek, sidqidildan qilingan duo va niyatlarimiz, ehson va amallarimiz hozir dunyoda yuzaga kelgan g'oyat murakkab va tahlikali vaziyatda diyorimizdagi tinch va osoyishta hayotni ko'z qorachig'idek asrab, yanada hamjihat bo'lib, xalq manfaatini ta'minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Qadriyatlarimizni asrash, ulug'lash bilan birga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yosh avlodni kamolga etkazish, Vatan tuprog'ini ko'ziga to'tiyo qilib yashaydigan insonlar etib tarbiyalash xalqimiz qalbidagi ezgu niyatki, bu, “Ezgulik – shiorimiz, ma'rifat – qurolimiz” ekanligi Ramazon ayyomining mazmun-mohiyatida o'z ifodasini topmoqda.  

 

To'lqin Ro'ziyev, O'zA

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

10.08.2026   21061   1 min.
Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
 

Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;

  • Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;

  • Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.


Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.


Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari