Prezidentimiz 2019 yil aprel' oyida Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog'ida mahalladagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qilib, ushbu qadamjo ulkan ma'naviy meros, musulmonlar uchun tabarruk maskan ekanini ta'kidlagan, uning tarixini mukammal o'rganish, xalqimizga va chet elliklarga etkazish, majmua hududini arxeologik o'rganish asosida uni obodonlashtirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va go'zal ziyoratgohga aylantirish yuzasidan tegishli topshiriq bergan edi.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida o'tgan yillarda hududda keng qamrovli bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Arxeologik o'rganish ishlari boshlandi. Keng, ravon yo'l barpo etilib, namunaviy loyihalar asosidagi turar-joy binolari qurildi. Majmua hududida muhtasham masjid bunyod etilib, xorijlik sayyohlar uchun barcha sharoit yaratildi. Maqbara atrofi obodonlashtirilib, so'lim go'shaga aylantirildi.

Sulton Saodat qadamjosi X-XVII asrlarga mansub maqbaralardan iborat majmua bo'lib, sokin bu joyda payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi bo'lgan Sayyid Hasan al-Amir mangu qo'nim topgan. Shu bois u aslida Sulton Sodot, ya'ni “Sayyidlar sultoni” deya atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga ul zotning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan.

Manbalarga ko'ra, taxminan 865 yilda Hasan al-Amir o'z yaqinlari bilan Termizga kelib, yashab qolgan. Shu tariqa bu erda obro'li sayyidlar sulolasi shakllangan. O'rta asrlardagi davlatlar, xususan, Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida o'rni bo'lgan. Sohibqiron va temuriylar payg'ambarimiz avlodlariga hurmat ko'rsatishni sharaf, deb bilib, bu erda xonaqoh va maqbaralar qurdirgan. Keyingi dahmalar o'z davrining uslubiga mos ravishda barpo etilgan. Shu jihatlari bilan majmua ulkan tarixiy, ma'naviy, madaniy ahamiyatga ega.

Masjidning tantanali ochilish marosimida yurtimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishi, musulmonlarning o'z zimmalaridagi diniy arkonlarni bekamu ko'st bajarishi uchun barcha sharoit yaratilgani alohida ta'kidlandi. Prezidentimizning kuni kecha imzolangan “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi qarori ham qadimiy bayramlarimizdan biri bo'lgan muborak Ramazon hayitini munosib kutib olish, nishonlash va unda mujassam bo'lgan insonparvarlik, ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat singari azaliy qadriyat hamda an'analarimizni asrab-avaylab, keng namoyon etishga, xalqimiz qalbiga ulug' ayyom nafasini yanada chuqur singdirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Hayit namozi yakunida Vatanimizga tinchlik, Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga bardavomlik, xonadonlarga fayzu baraka tilab, duoga qo'l ochildi. Namozxonlar bir-birlarini qutlug' va muqaddas bayram bilan tabriklab, inson qadri ulug'lanayotgan yurtimizdagi osuda, obod hayot, farovon turmushga shukrona aytishdi.
Jome masjidning ochilish marosimida Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari D.Maxsudov, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari M. Muhamadsidiqov qatnashdi.
Bugun subhidamdan Surxondaryo viloyatidagi 130 ta jome masjidda 199 ming 600 dan ortiq musulmon yurtdoshlarimiz Ramazon hayiti namozini ado etdi.
Holmo'min MAMATRAYIMOV,
O'zA muxbiri
#xabar #seminar #imom #malaka
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan diniy soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va ish samaradorligini yuksaltirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda 8–9 sentyabr kunlari Diniy idoraning Masjidlar bilan ishlash hamda Kadrlar bo‘limlari hamkorligida respublikamiz bo‘yicha yangi lavozimga tayinlangan 55 nafar imom-xatib va imom noiblari uchun ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov, Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori, shuningdek, Fatvo markazi, Kadrlar bilan ishlash, Ichki nazorat bo‘limi mutasaddilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qildilar.
Xususan, soha mutasaddilari tomonidan muvaffaqiyatli imom bo‘lish omillari, go‘zal qiroat va tajvid qoidalari, shar’iy masalalarga to‘g‘ri yondashish, faoliyat samaradorligini baholash (KPI), qonun-qoidalarga qat’iy rioya etish, mehnat munosabatlari hamda jamoat bilan ishlash ko‘nikmalari yuzasidan zarur amaliy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati