Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2026   |   9 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
24 Iyun, 2026, 9 Muharram, 1448

Baxt-saodat kaliti

13.04.2024   1717   5 min.
Baxt-saodat kaliti

Abon ibn Abu Ayyosh roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Anas roziyallohu anhu quyidagilarni aytgan: «Nabiy sollallohu alayhi va sallamga: “Ey Allohning Rasuli, meni duosi qabul bo'ladiganlardan qilib qo'ying”, dedim. U zot: “Ey Anas, kasbingni pok qilgin, duoing qabul bo'lur. Chunki bir odam bir luqma haromni og'ziga solsa, qirq kungacha duosi ijobat bo'lmaydi”, dedilar» (Imom Daylamiy rivoyati). Biz-chi? Kasbimizni pok qilyapmizmi? Afsuski, qanday qilib bo'lsayam to'rt-besh so'm topish ilinjida bo'lamiz. Uning iymonimizga, salomatligimizga zarari haqida o'ylab ham ko'rmaymiz. Shuning uchun ishlarimiz yurishmaydi, topgan-tutganimizda baraka yo'q.

Bundan besh-olti yil oldin bir odam masjidga kelib: “Domla, negadir ishlarim hech yurishmaydi, halovatim yo'q, bir duo qiling”, dedi. Jamoat bilan duo qildik. So'ng zikr, istig'for aytib yurishni maslahat berdik. Ko'p o'tmay haligi kishi yana keldi. “Sheriklarimning-ku, omadi chopib ketdi, meniki esa o'sha-o'sha: qora qozon arang qaynayapti”, deb nolidi. “O'zi nima ish qilasiz”, deb so'radik. “Bozorda dallolchilik qilaman”, dedi. Gap orasida tirikchilik vajidan yolg'on ishlatishini, bu esa kasbining talabi ekanini tushuntirdi. Hammasi oydinlashdi. “Qo'ying, bunday qilmang, aka, halol ish bilan shug'ullaning”, deb maslahat berdik.

Endi bildingizmi, nima uchun bu odamning ishi yurishmagan, omadi chopmagan? Boisi luqmani harom yo'l bilan topgan. Uni bola-chaqasiga edirgan. Zero, harom narsa oiladan ham barakani ketkazadi, duolarning qabul bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Ba'zan bunday kimsalarning ishi yurishib turgani bilan gunohi, ziyon-zahmati bir kun kelib yuzaga chiqadi.

Alloh taolo Baqara surasi, 172-oyatida bunday marhamat qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo'lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan eb, Unga shukr qilingiz!» Mo'min kishi hamisha halol mehnat bilan rizq topishi, uni tanovul qilganida Allohga shukr qilishi lozim. Bunday inson bu dunyoda ham, oxiratda baxt-saodat topadi.

Darvoqe, bir odamni bilaman. Masjidimizga kelib, bir chekkada xokisorgina o'tiradi va namozdan so'ng uzoq duo qiladi. Bir kuni shu odam: “Bugun o'g'limning imtihoni bor, bir duo qiling”, dedi iymanibgina. Mahallaning oqsoqollari bilan birgalashib duo qildik. Haligi kishi xursand bo'lib ketdi. Biroz vaqt o'tib yana shu kishi: “Sizlarga ming rahmat, domla, duolaringiz ijobat bo'lib o'g'lim o'qishga kirdi”, deb quvondi. “Mashaalloh, ajoyib bo'pti, ilmi yanayam ziyoda bo'lsin, biror kasbning boshini tutib, yurtimizga xizmat qilsin”, dedik. So'ng biroz gurunglashib qoldik...

U olis qishloqdan kelib, mardikorlik qilarkan. Ertalabdan kechgacha halol mehnat qilib, oilasini moddiy jihatdan ta'minlar, o'sib-ulg'ayib kelayotgan bolalarini qo'shimcha fanlarga o'qitarkan. O'zganing haqiga hech xiyonat qilmabdi. Har zamon oilasi davrasida farzandlariga halol mehnatning noni shirinligi, birovning moliga ko'z olaytirish yaxshi emasligi, har doim qayerda bo'lsangiz ham Alloh taoloning roziligini o'ylab ish tutish kerakligi xususida nasihatlar beradi.

Yaqinda to'ng'ich o'g'li Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetiga byudjet asosida o'qishga kirdi. Hudo xohlasa, qolgan uchoviniyam o'qitaman, deydi. Hullas, maza qilib gurunglashdik. Bilasizmi, shu odam farzandlarining ketma-ket o'qishga kirganini, kattalari esa, ta'limning keyingi bosqichiga o'tganini aytib, bolalarcha quvonib keladi. Biz esa, u kishining ezgulikka limmo-lim suhbatlaridan to'ymaymiz, qo'shilib xursand bo'lamiz va duolar qilamiz. Hullas, biz uning gurungini maza qilib eshitishga odatlandik. Nega? Halollik, poklik kishining baxtiga sabab bo'lishini shu kishi misolida ko'rdik. Bunday odamlar oramizda ko'p.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislarining yana birida: “Hech kim qo'l mehnati bilan topgan taomidan ko'ra yaxshiroq narsa egan emas. Albatta, Allohning payg'ambari Dovud (alayhissalom) ham qo'l mehnati orqali kun ko'rganlar”, deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Ha, halol mehnat kishini ulug'laydi. Nonini shirin, barakali qiladi. Payg'ambarlar zarur kasb-kor bilan shug'ullanib, bizga ibrat bo'lganlar. Shuning uchun farzandlarimizga halol kasb-hunar o'rgatishimiz, mehnat – baxt kaliti ekanligini anglatishimiz lozim. Shundagina ular tinchlik, omonlik va farovonlikda yashaydi, dunyo va oxirat saodatiga musharraf bo'ladi.

Abdurahmon ASQAROV,

Chilonzor tumanidagi “Katta Qozirabot” jome masjidi imom-xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

24.06.2026   450   1 min.
Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Ro‘za tutish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).


2. Oilaga kengchilik qilish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”, deganlar.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar