Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyun, 2026   |   24 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:28
Asr
17:37
Shom
20:00
Xufton
21:37
Bismillah
11 Iyun, 2026, 24 Zulhijja, 1447

Olti kunlik ro'za bor

13.04.2024   734   3 min.
Olti kunlik ro'za bor

Yo'lda davom etamiz, ibodatlarning biri tugab, keyingisi kelmoqda. Navbatda bizni Shavvolning 6 kuni kutib turibdi. Har bir narsani o'z o'rni bo'lgani uchun, ayni vaqtda barchamizga foydali hisoblangan bir yilga teng ibodat haqida ma'lumot berishni ma'qul topdik.183-CAVOL: Ramazon oyidan keyin tutiladigan olti kunlik ro'za haqida batafsil ma'lumot bercangiz. Oldindan rahmat. JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ramazon oyidan keyin hijriy-qamariy taqvimning o'ninchi oyi hisoblanadigan Shavvol keladi. Ushbu oy ham fazilatli va barakotli oylardandir. Ayniqsa bu oyda sog'lig'i va imkoni bor kishilar nafl ro'za tutsalar, ko'plab ajru-savobga ega bo'lishlari va'da qilingan. Jumladan Abu Ayyub Ansoriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

“مَنْ صَامَ رَمَضَانَ وَأَتْبَعَهُ سِتّاً مِنْ شَوّالٍ كَانَ كَصِيَامِ الدّهْرِ” (رَوَاهُ الإِمَامُ مُسْلِمٌ وَالإِمَامُ أَبُو دَاوُدَ وَالإِمَامُ التِّرْمِذِيُّ)

ya'ni: “Kim Ramazon ro'zasini tutib, ortidan shavvol oyidan olti kun ro'za tutsa, yil bo'yi ro'za tutgandek bo'ladi” (Imom Muslim, Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).

Demak, ushbu hadisi sharifga amal qilib, shavvolning olti kunida ro'za tutgan kishi umr davomida ro'za tutganlik savobini qozonar ekan. Zero Alloh taolo Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi:

﴿ مَنْ جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ عَشْرُ أَمْثَالِهَا ﴾

(سورة الأنعام / الآية 160)

ya'ni: “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o'n barobar (ko'paytirib yozilur)…” (An'om surasi, 160-oyat).

Bu olti kunlik ro'zani Ramazon hayitining ertasidan boshlab tutish mumkin. Shuningdek shavvol oyi davomida tutsa ham bo'ladi. Bu haqda “Zohiriyya” va “Hulosa” nomli fatvo kitoblarimizda Shavvol oyidagi olti kunlik ro'zani ketma-ket tutilishi shart emasligi, balki oy davomida tutib ham ado etish mumkinligi aytib o'tilgan.

Shavvolning olti kunida ro'za tutishning yana foydalaridan biri shuki, u Ramazon ro'zasidagi yo'l qo'yilgan kamchilik-nuqsonlarga kafforat bo'ladi. Zero beayb – Parvardigori olam! Banda kamchilik va xatolardan xoli emas. Bu – xuddi farz namozlar ortidan o'qilgan sunnat namozi kabidir. Ushbu sunnatlar farzda bilib-bilmay yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf qiladi. Qiyomat kuni bandaning nafl ibodatlari uning farz-vojib amallarda yo'l qo'ygan nuqsonlarini to'ldiradi.

Qolaversa, shavvolning olti kunida ro'za tutish o'z mohiyati bilan musulmon kishining ro'zadan zerikmaganiga, balki unga rag'bati kuchli ekaniga dalolat qiladi. Zero bu oydagi ro'zaning hikmati haqida Alloma Ibn Rajab rahimahulloh bunday degan: “Ramazon oyidan keyin ro'za tutib yurishga odatlanish – Ramazon oyi ro'zasining qabul bo'lgani belgisidir. Chunki Alloh taolo bandasining biror amalini qabul qilsa, undan keyin uni (boshqa) solih, xayrli ishlarga boshlaydi, davomli qiladi”. Vallohu a'lam.

http://savollar.muslim.uz 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiyaning nufuzli nashrida Muftiy hazrat bilan suhbat e’lon qilindi

11.06.2026   598   2 min.
Saudiyaning nufuzli nashrida Muftiy hazrat bilan suhbat e’lon qilindi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan haj mavsumi, xizmatlar, sharoitlar, ibodatlar va o‘zaro aloqalar to‘g‘risida bo‘lib o‘tgan suhbat Saudiya Arabistonida chop etiladigan mashhur “Ukkoz” gazetasida e’lon qilindi.
Mazkur intervyuda joriy yilgi haj mavsumi yuqori darajada tashkil etilgani, yuksak saviyali xizmatlar ko‘rsatilgani, namunali tartib-intizom va insonparvarlik tamoyillari asosida o‘tgani alohida ta’kidlangan. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, jadal taraqqiy etayotgani e’tirof etilgan.   
“Haj – 2026” mavsumining muvaffaqiyatli o‘tishida o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga rahnamolik qilgan Davlatimiz Rahbariga minnatdorlik bildirilgan. O‘z navbatida Saudiya Arabistoni rahbariyatiga tashakkur aytilgan.
Ayniqsa, shu yilda ilk bor joriy etilgan 100 nafar yurtdoshimiz “Prezident hojisi” sifatida Saudiya Arabistoni mas’ullari tomonidan yuksak ehtirom bilan kutib olingani va ko‘rsatilgan oliy darajadagi e’tiborga alohida urg‘u qaratilgan.
Mino va Arafotdagi zamonaviy chodirlar, shinam sharoitlar, sovutish tizimlari hamda raqamli xizmatlar ziyoratchilar ibodatlarini xotirjam ado etishlariga omil bo‘lgani qayd etilgan. Shuningdek, yurtimizda ziyoratchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar, xususan 9 ta xalqaro aeroport orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani, muborak manzillardagi oziq-ovqat, tibbiy va transport xizmatlarining yuqori darajada bo‘lgani ikki davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik samaralari ekani bayon qilingan.
Ma’lumot o‘rnida: “Ukkoz” gazetasi 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Saudiya Arabistonida chop etiladigan eng yirik va nufuzli kundalik nashrlardan biri. Gazeta nomi qadimgi arab dunyosida adabiyot, madaniyat va savdo markazi hisoblangan tarixiy “Ukkoz bozori” sharafiga nomlangan. Bugungi kunda nashr bosma va raqamli formatda chiqib, qirollik hamda Islom dunyosidagi siyosiy, ijtimoiy va diniy jarayonlarni keng yoritadi.

Saudiyaning nufuzli nashrida Muftiy hazrat bilan suhbat e’lon qilindi Saudiyaning nufuzli nashrida Muftiy hazrat bilan suhbat e’lon qilindi
O'zbekiston yangiliklari