Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hatto bir dona xurmo bo'lagi bilan bo'lsada, do'zaxdan saqlaning. Agar uni topmasangiz, yaxshi bir so'z bilan".
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Seminarda shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda hojilar ishtirok etib, imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Dastavval ishtirokchilar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga tashrif buyurib, aholi bilan muloqot qildi hamda ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatdi. Shuningdek, biriktirilgan masjidlarda peshin namozi ado etilib, jamoatga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida Andijon shahri masjidlarining faoliyati tahlil qilinib, imom-xatiblar ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Vakillik matbuot xizmati