Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan "Yo Rasululloh sizga salavot aytish qanday bo'ladi?" deb so'raganlarida u zot alayhissalom: "Allohumma solli a'la Muhammadin va a'la aali Muhammad, kama sollayta a'la Ibrohiyma va a'la aali Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik a'la Muhammadin va a'la aali Muhammad, kama barokta a'la Ibrohiyma va a'la aali Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd", deb aytinglar,deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Sollallohu alayka yaa Rasulalloh.
Allohumma solli va sallim va barik a'la sayyidina Muhammad…
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi 104-maktabda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida "Qipchoq" va "Saxovat" MFYda istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jaholatning jamiyat rivojiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning esa inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Islom dinining asl insonparvarlik tamoyillari, ilm va adolatga chaqiruvchi mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onaga hurmat va ularga xizmat qilishning fazilati, farzand tarbiyasidagi ma’rifat va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
t.me/marifiymarkaz