Masjid musulmonlar hayotining ajralmas qismidir. Uning musulmon jamiyati hayotidagi rolini ortiqcha baholab bo'lmaydi, deb xabar beradi “Islamic Capital” nashri. Bu musulmonlar uchun ma'naviy, tashkiliy va ma'rifiy markazdir. Umumiy funktsiyalariga qaramay, har bir masjidning o'ziga xos tarixi va xususiyati bor.
Shunday qilib, dunyodagi eng chekka shimoliy nuqtaga barpo etilgan masjid Norilskdagi “Nurd-Kamol” masjidi bo'lib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U norilsklik tadbirkor, millati tatar Mixad Bikmayev hisobidan qurilgan bo'lib, unga ota-onasi - otasi Nuritdin va onasi G'aynikamal sharafiga nom bergan.
Qurilish 1993 yilda boshlangan. Ba'zi me'moriy va muhandislik echimlari og'ir mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi: devorlarning kamroq muzlashi va shamollarga ko'proq qarshilik ko'rsatish uchun minoraning ko'ndalang kesimi kvadrat shaklida (odatda ishlatiladigan doira o'rniga) qilingan, kuchli qor yog'ishi sababli masjid gumbazi qiyaroq.
Ushbu loyiha (arxitektor Ye. Solnyshkin) Moskvadagi Arxitektorlar ittifoqining xalqaro biyennalesida uchinchi darajali diplom oldi.
Masjid 1998 yil 19 sentyabrda ochilgan va hozirda Norilskning barcha musulmonlarini – tatarlar, boshqirdlar, ozarbayjonlar va boshqalarni birlashtiradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Sayyid Yahyo Bokuviyning boy ma’naviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yopilish marosimi ramziy ma’noga ega bo‘lgan tarixiy Ag‘dam shahrida o‘tkazildi. Unda turkiy davlatlar, arab-musulmon mamlakatlari diniy peshvolari, ulamolar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bugungi murakkab davrda tinchlik va hurlik eng bebaho ne’mat ekanini alohida ta’kidlab, ummat birligi, hamjihatlik va diniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash zaruratiga to‘xtaldilar. Shuningdek, davlat Rahbarlari o‘rtasidagi samimiy birodarlik va oliy darajadagi o‘zaro tashriflar xalqlarimiz tarixida yangi sahifa ochganini e’tirof etdilar.
Yig‘ilishda Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda ham so‘zga chiqib, yaqinda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon yetakchisining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi va imzolangan "Abadiy do‘stlik shartnomasi" qardoshlik munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi.
Anjuman yakunida Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda janoblarining taklifiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yig‘ilganlar va butun islom ummati haqqiga xayrli duolar qildilar. Muftiy hazratlari o‘z duolarida el-yurtlarimiz tinchligi, mamlakatlarimiz farovonligi hamda anjumanda ko‘tarilgan muhim masalalar musulmonlar va butun ummat manfaati uchun xizmat qilishini Haq taolodan so‘radilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati