Ayni kunlarda xalqimiz e'tiboriga Alloh taoloning Yer yuzidagi uylari bo'lgan masjidlarda mo'min-musulmon kishi o'zini qanday tutishiga oid ko'plab foydali ma'lumotlarni o'z ichiga olgan “Masjid odoblari” nomli kitob taqdim etildi.
Mazkur mo''jazgina kitobda Yer yuzidagi ilk masjid, ziyorat uchun boriladigan uch masjid, Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy fazilatlariga doir qiziqarli ma'lumotlarning ham berilishi uning o'qishliligini yanada oshiradi.
Shu bilan birga, unda masjidga oid bugungi kunda muhim bo'lgan savollarga soha mutaxassislarini muxtasar va aniq javoblari bilan ham tanishishingiz mumkin.
Ushbu kitobda mavzuga doirasidagi hikmatlar ham berilgan. Unda Hazrati Aliy roziyallohu anhudan keltirilgan hikmatda bunday deyiladi: “Agarda menga masjid va jannat ikkovidan birini tanlash ixtiyori berilsa, masjidni tanlagan bo'lardim. Chunki masjid Allohning haqqidir, jannat esa nafsning nasibasidir”.
Muzaffar domla Kamolov qalamiga mansub risolaga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari so'z boshi yozib xayrli duo berganlar.
Alloh taolo ushbu kitobni xalqimizga muborak va manfaatli qilsin, xolis O'zining roziligi uchun qilingan amallar qatorida qabul etsin.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati