Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent islom institutida xalqaro anjuman boshlandi

24.04.2024   1448   1 min.
Toshkent islom institutida xalqaro anjuman boshlandi

Bugun, 24 aprel' kuni Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va echimlar” mavzusidagi xalqaro anjuman boshlandi.

Nufuzli anjumanda diniy soha rahbarlari, xorijlik ulamolar bilan bir qatorda yurtimiz olimlari, professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilar, taniqli ustoz va imom-xatiblar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vakillari ishtirok etmoqda.

Ikki sho''baga bo'lingan holda o'tkaziladigan ilmiy-amaliy yig'ilishda “Yosh avlodni tarbiyalashda Qur'oni karimning ahamiyati”, "Islom dini manbalarida Vatan himoyasi, Imom Buxoriy", "Hakim Termiziyning tafsir ilmi rivojida tutgan o'rni", "Buzg'unchi oqimlar tomonidan Qur'oni karim oyatlarini noto'g'ri talqin qilinishi" kabi yigirmadan ziyod muhim mavzulardagi ma'ruzalar tinglanadi va muhokama qilinadi.

Mazkur xalqaro anjuman ishiga doir tafsilotlarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   11832   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari