Kimdir kelib sizni baxt sari etaklashini kutmang, balki Alloh bergan ne'matlardan unumli foydalanib, xolis niyatlar bilan solih amallarga musharraf etishini so'rang. Zero, Alloh sizga ham bu yorug' olamga kelib, Habibi Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning ummati bo'lishdek ulug' ne'matini ato etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati