Allohning yaratib qo'ygan maxluqotlaridan iborat olish, ular to'g'risida tafakkur qilish uchun inson qalb ko'zi ochiq bo'lishi lozim. «Ushbu misollarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat olimlargina anglagaylar» (Ankabut, 43).
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 may kuni Mir Arab oliy madrasasida "Islom ma’rifati — axloqiy va ma’naviy barkamollik asosi" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, diniy ta’lim muassasalari, shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti rahbar va professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanda bevosita va masofaviy tarzda qatnashgan notiqlar mavzu yuzasidan chiqishlar qilish barobarida muhim taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
Mirarab.uz