Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Sentabr, 2026   |   10 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:50
Quyosh
06:09
Peshin
12:16
Asr
16:34
Shom
18:26
Xufton
19:41
Bismillah
21 Sentabr, 2026, 10 Rabi`us soni, 1448

Yomon gumonga bormang!

29.04.2024   980   2 min.
Yomon gumonga bormang!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda e'tikof o'tirgan edilar. Kechasi Sofiya roziyallohu anho onamiz u zotning ziyoratlariga bordilar, biroz gaplashishdi, so'ng Sofiya onamiz uylariga ketmoqchi bo'ldilar. Nabiy alayhissalom kuzatgani turdilar.

Shunda ansoriylardan ikki kishi o'tib qoldi. Ular Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko'rishlari bilan tezlab qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Shoshilmang, bu ayolim Sofiyadir”, dedilar.

“Subhanalloh! Yo Allohning Rasuli!” deyishdi. Ya'ni sizga hech qachon shubha qilmaymiz. Siz Allohning payg'ambarisiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, shayton insonning qon yurar joyida yuradi. Men u sizning qalbingizga biror narsani yoki yomonlikni otishdan qo'rqdim”, dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu hadislaridan juda ko'plab saboqlar olish mumkin.

Birinchidan, odamlarning fikriga yomon hayollar kelib turar ekan. Shuni bilishimiz kerakki, shayton insonni yomon fikrlar bilan g'o'zg'atadi. Bir joyda bir tanishingizni ko'rib, darhol u haqda yomon gumonga bormang, chunki aslida uning niyati butunlay boshqa bo'lgan bo'lishi mumkin. Shuni aslo unutmangki, shayton insonni yomon yo'lga boshlash uchun doimo vasvasa qilib, yomon fikrlarga undaydi.

Ikkinchidan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlarini yomon gumonga tushib qolishdan qaytarganlar. Shuning uchun, “xotirjam bo'ling, bu mening ayolim Sofiya” deb hatto sahobalarda yomon fikr tug'ilmagan bo'lsa ham, ularni turli gumonga bormasliklarining oldini oldilar.

Hamisha yaxshi gumonda bo'lish kishilar o'rtasida do'stlik va ishonch rishtalarini mustahkamlaydi. Yomon fikr insonlar orasida keng tarqalgan xavfli kasallikdir. Hatto ba'zan erkak kishi shaytonning vasvasalariga uchib, o'z ayoliga ham shubha bilan qarab, josuslik qiladi. Natijada, orada ishonch yo'qoladi.

Ba'zilar yon-atrofidagi barcha odamlarga shubha bilan qaraydi. Ular nima ish qilishsa, hammasini tahlil qiladi. Biz hamisha atrofimizdagi barcha narsaga yaxshi gumon bilan qarashga odatlanishimiz lozim.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi

21.09.2026   3734   1 min.
Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi

1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi.


Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyati vakili o‘rinbosari Abduhalil domla Abdunazarov, bilim yurti rahbariyati, «Vaqf» xayriya jamoat fondi viloyat filiali mutasaddilari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdi.


Tadbirda ustozlik kasbining sharafi, yosh avlodga diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rgatish yo‘lidagi fidokorona mehnatning ahamiyati alohida e’tirof etildi.


Bayram munosabati bilan ustoz va xodimlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi: 
 

  • 5 nafar faol ustozga jami 25 million so‘m (har biriga 5 million so‘mdan) moddiy yordam ko‘rsatildi;

  • 31 nafar ustoz va ishchi-xodimga bayram oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.


Bunday e’tibor va e’zoz soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari