Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Ro'za va sog'lik

29.04.2024   10442   2 min.
Ro'za va sog'lik

Alloh taolo inson zotini nima amalga buyurgan bo'lsa, hammasida inson uchun foydalar bor. Asosiy maqsad Allohning rizoligini topib, U Zotning rahmatiga etishishdir.

Masalan, tahorat olgan kishi pokiza bo'lgani bois kasallik yuqtiruvchi bakteriyalardan omon bo'ladi. Tanasini suv yuvib turgani bois qon aylanishi faollashadi. Namoz o'qish bo'g'inlarda tuz yig'ilishiga qarshilik qiladi, qon aylanishini yaxshilaydi. Zakot berish kishiga o'zi­ning qilgan ishidan mamnunlik bag'ishlab kay­fiyatini ko'taradi, yurak kasalliklaridan, xafaqonlikdan asraydi. Hajga borgan odam uzoq yo'lni yayov bosib o'tadi. Bir joyda o'tiravergan kishining ichiga yillar davomida shumlik, sershubhalik, badgumonlik va shularga o'xshash illatlar yig'ilib qoladi. Yo'l yurgan inson esa o'zi sezib-sezmay ana shu illatlardan xalos bo'lib, engil tortib qoladi.

Ro'zaning foydalari haqida tib­biyot mutaxassislari bunday deydi: immunitetni ko'taradi, semirishga monelik qiladi, buyrakda tosh yig'ilishidan saqlaydi, to'qimalarda to'planib qoladigan za­harli moddalardan tozalashga yordam be­radi, shahvoniy maylni kamaytiradi, qon tomirlari torayishining oldini oladi, qon aylanishini faollashtiradi, qon bosimi ortishiga qarshilik qi­ladi, yurakning atrofini yog' qoplab qolishiga yo'l qo'ymaydi, bo'g'inlar shishi qaytishiga foyda be­radi, ichak yallig'lanishiga, bavosil, zotiljam, bronxial astma, allergiya, ekzema, qand, saraton, tutqanoq, parishonxotirlik, o'pka va jigar kasalliklari, kamqonlikka qarshi kurashishda foyda beradi.

Bu foydaning bir jihati ignaterapiyaga ham o'xshaydi. Ignaterapiyaning mohiyati faol ishlab turgan hujayralarni igna sanchish bilan harakatdan to'xtatib qo'yib, yalqovlanib, o'lish arafasiga kelib qolgan hujayralarni ishlashga majbur qilish ekan. Ro'zada ham odam och yurgani bois tanasiga o'n bir oy davomida yig'ilib qolgan ortiqcha yog'lar erib ishlatilib ketar ekan-da, odamning jismi ortiqcha yuklardan qutulib engillashib qolar, o'sha yog'larning ostida o'limini kutib yotgan bechora hujayralar yana faol ishlab ketar ekan.

Ana bizga Rabbimizning buyuk marhamati!

Robiya JO'RAQULOVA tayyorladi.

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   22525   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari