Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Uch asrlik jome

01.05.2024   3271   2 min.
Uch asrlik jome

Shukrki, yurtimiz ko'rkiga ko'rk qo'sha­yotgan masjidlarimiz soni kun sayin ko'paymoqda. Ana shunday obod, uch asrlik tarixga ega mas­kanlardan biri “Moybuloq” jomesidir.

Kattaqo'rg'on tumanida joylashgan mazkur masjidda “Moybuloq” va “Qoqsoy” mahallalari aholisi toat-ibodat qilishadi.

XVIII asrga oid masjid dastlab xonaqoh bo'lgan. 1936 yilda hashar yo'li bilan qayta qurilgan. 1990–1992 yillarda eskirgan jome binosi qayta ta'mirlanib, 100–120 nafar namozxonga mo'ljallab kengaytirilgan. 2013 yilda qo'shimcha 120 o'rinli xonaqoh qurildi. Namozxonlar soni ko'payishi tufayli masjid binosini kengaytirishga 2019 yil bahorida kirishilgan bo'lsa, 2023 yil Ramazonda 3000 o'rinli jome qad rostladi.

1936 yili qishlog'imizga Buxoro amirligidan Husayn Eshon bobo imomlik qilish uchun jo'natilgan. Eshon boboning ettinchi avlodi bo'lgan Sherxon Ibodov 1957–1975 yillarda masjidimizda imomlik qilgan. 1976–2021 yillarda masjidga Qo'ldosh Badalov, Mardon Ochilov, Sulaymon To'rayev, Kamoliddin Jiyanov, Mansur Malikov kabi domlalar imomlik qilgan. 2021 yildan bu sharafli ishni Sunnatilla Hakimov bajarib kelmoqda.

Allohning uylari obodligiga hissa qo'shayotgan har bir mo'min-musulmonni Rabbimiz O'zi va'da qilgan mukofot bilan siylasin. Payg'ambarimiz alayhis­salom: “Kim Alloh uchun masjid bino qilsa, Alloh unga jannatda uy bino qiladi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati). 

Hushmamat UMAROV,

Kattaqo'rg'on tumani

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

16.09.2026   19341   1 min.
Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.

Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.

 Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari