Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasulullohsollallohualayhivasallamo'zlarinixursandqilganbirorishsodirbo'lsa, Allohgashukronao'laroqsajdaqilaredilar”(ImomAbuDovud, ImomIbnMojarivoyati).
Shukr sajdasi ham tilovat sajdasiga o'xshash bo'ladi. Sajda qilib, Alloh taologa hamdu sano aytiladi. Imom Molikdan boshqa hamma ulamolar “Bir ne'mat hosil bo'lganda yoki balo-ofat daf bo'lganda, shukr sajdasi qilish sunnatdir”, deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuni Yamanga yuboradilar, u erdan turib Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Yamanliklarni Islomni qabul qilganlari haqida maktub yuboradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maktubni o'qigach Allohga shukur qilib sajdaga yiqiladilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Bu kabi ne'mat etganida yoki musibat ariganida shukur qilish joiz. Ammo har namozdan keyin qo'shimcha bitta sajda qilib qo'yish shariatimizda yo'q. Bu bid'atdir. Ulamolar: “Omma xalq namozni qo'shimchalaridan deb tushunib olmaslari uchun uni tark qilish lozim” deganlar.
Davron NURMUHAMMAD
Bugun, 2 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida Prezident Abdulfattoh as-Sisi homiyligida hamda Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati tashabbusi bilan nufuzli xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.
"Global o‘zgarishlar sharoitida oilaviy masalalar: oilani himoya qilish, uning kelajagi va milliy-diniy o‘zlikni asrashda fatvo yondashuvlari" mavzusidagi mazkur ilmiy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirok etmoqda.
Ikki kun davom etadigan xalqaro yig‘inda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi muftiylar, taniqli ulamolar, xalqaro islomiy tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari hamda soha mutaxassislari qatnashmoqda.
Anjuman kun tartibidan zamonamizning quyidagi eng dolzarb masalalari o‘rin olgan:
– Globallashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida oila instituti duch kelayotgan muammolarning ilmiy tahlili;
– Zamonaviy oilaviy inqirozlarni puxta tadqiq etish va ularga shar’iy hamda amaliy yechimlar topish;
– Virtual muhitning oilaviy munosabatlarga ta’sirini o‘rganish hamda ularni mustahkamlash yo‘llari;
– Milliy-diniy o‘zlikni saqlash va zararli media kontentlarga qarshi kurashda jamoaviy fatvolar ishlab chiqish.
Xalqaro anjuman tafsiloti bilan saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati