“Haj safari uchun sanoqli joylar qoldi!”, “Bizning firma bilan haj qiling!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!”
Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar koʻpaymoqda.
Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
Kobul shahrida bo‘lib o‘tgan "Imom Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islomshunoslikdagi o‘rni va mavqei" mavzusida xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonning mahalliy hokimiyat organlari hamda ilmiy-madaniy muassasalari rahbarlari bilan ham muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, G‘azni, Maydon-Vardak, Balx viloyatlari rahbarlari hamda Afg‘oniston Fanlar akademiyasi bosh direktori bilan rasmiy muloqotlarda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida do‘stlik ramzi sifatida o‘zaro esdalik sovg‘alari almashildi.
Shuningdek, mezbonlar tomonidan Afg‘oniston Fanlar akademiyasi kutubxonasi, Etnografiya muzeyi, Abu Rayhon Beruniy, Sanoi G‘azni, Mahmud G‘aznaviy, qadimiy minoralar, tarixiy obidalar hamda Mozori Sharif shahridagi hazrati Ali maqbarasiga ziyoratlar tashkil etildi. Imom Buxoriy madrasasi qurilishi bilan tanishildi.
Shu bilan O‘zbekiston delegatsiyasining Afg‘onistonga safari yakuniga yetdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati