“Haj safari uchun sanoqli joylar qoldi!”, “Bizning firma bilan haj qiling!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!”
Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar koʻpaymoqda.
Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
Savol: Namoz o‘qiyotgan odam sajdada ikkinchi sajdani qildimmi yoki qilmadimmi deb shubhalanib qolsa, qanday yo‘l tutadi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qiyotgan odam ikkinchi sajdani qildimmi, yo‘qmi degan shakka borsa, qilgan qilmaganini aniqlashga harakat qiladi. Agar gumoni bir tomonga ko‘proq bo‘lsa, shunga asosan yo‘l tutadi. Agar aniq bir to‘xtamga kela olmay, ikkilanib qolsa, bajarmagan deb hisoblanadi va namozning qayeriga kelgan bo‘lsa, o‘sha yerda bitta sajdani qilib qo‘yadi va namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Bu namoz ichida shak qilishga tegishli. Agar namozdan keyin shunday shakka tushib, qilgan-qilmaganini aniq bilmasa, unga ahamiyat bermaydi va namozini qayta o‘qimaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi