O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Moliyaviy nazorat va tahlil bo'limi bosh mutaxassisi Turg'un Hudoyqulovning qaynonasi Oydin ona Abduvahobovaning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildiradi.
Alloh taolo marhuma onaxonni rahmatiga olsin, makonini jannat qilsin. Bu dunyoda qilgan barcha xayrli ishlarini boshlariga soya, oxiratlariga zaxira aylasin. Ortda qolgan barcha yaqinlariga go'zal sabr bersin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o'qituvchi-mudarrislari nomidan marhumning yaqinlariga, xususan, Turg'un Hudoyqulovga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
«Musibat etganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
Janoza namozi Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar, Teparlik mahallasi, 95-uyda o'qiladi
O'zbekiston musulmonlari idorasi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati