O'zbekiston musulmonlari idorasi Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'lim mas'ul xodimlari Mohira Zufarova va Munira Abubakirova o'z safarlarini Farg'ona viloyatida davom ettirmoqda.
Tashrif davomida viloyatdagi otinoyilar bilan uchrashuvda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning viloyatdagi bosh mutaxassisi D.G'ofurova, Farg'ona viloyati bosh imom-xatibining Hotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi H.Komilova, tuman-shahar bosh otinoyilari va mahalla otinoyilar qatnashdi.
Mazkur muloqotda soha vakillari otinoyilik mas'uliyati, ularning yutuq va kamchiliklari bilan birga faoliyatni yanada rivojlantirish bo'yicha tavsiya va takliflarini berish hamda viloyatda avj olayotgan dinimizda asosi yo'q turli bid'at-xurofotlarni oldini olish borasida ma'ruzalar qilishdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati