Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Pulsiz sadaqa qilishning 12 yo'li

08.05.2024   1296   3 min.
Pulsiz sadaqa qilishning 12 yo'li

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Yaxshi so'z sadaqadir", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Har bir yaxshilik sadaqadir", dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Yo'ldan aziyat etkazovchi narsalarni olib tashlash sadaqadir", dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Birodaring yuziga tabassum bilan qarashing sadaqadir", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish (Amri ma'ruf va nahiy a'nil munkar) sadaqadir", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Yo'lidan adashganga yo'l ko'rsatish sadaqadir", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Chelagingdagi suvdan birodaringni chelagiga quyib berishing sadaqadir", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ko'zi ojiz kishiga yordam berishing sadaqa", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ko'ringanga salom berish sadaqadir", dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Salomga alik olish sadaqadir", dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim birodarining oldiga zimmasidagi haqni ado etish uchun yurib borsa, har bir qadamiga sadaqa yoziladi", dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Alloh azza va jallani zikr qilish sadaqadir", dedilar.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   76150   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari