9 may – Hotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida kahramona, vatanimizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag'ishlangan. O'tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan.
O'tganlar ruhini yod etish, tiriklarga mehr-oqibat ko'rsatish qadriyat, qolaversa, har bir kishining insoniylik burchi sanaladi. Mana shu ezgu fazilatlar «Hotira va qadrlash» kuni munosabati bilan yanada yorqin namoyon bo'ladi.
Aziz va mukarram inson zotining yoshi xam, keksasi xam, ayoli xam, erkagi xam birdek kadr-kimmatga egadir. Mukaddas Islom dini inson kadrini shu darajada yukori kutarganki xatto, uning tirigi bilan uligining xurmati birdek kadrlanadi. Dunyodan utib ketgan marxum yakinlarimizni doimo yaxshi sifatlar bilan eslash xam insoniylik burchimizdir. Bu xakda muborak xadisi sharifda Paygambarimiz Muxammad (sav) “Dunyodan utganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar ularning yomon sifatlarini aytishdan saklaninglar” deganlar. (Termiziy rivoyati)
Biz utganlarni maxsus bir kunda, ayni 9 mayda xotirlashimiz ramziy ma'noda bulib, aslida xar doim xar laxzada ularni eslab duolar kilamiz, ularning xayot yullarini urganib ulardan namunalar olamiz. Shuningdek, kelajak avlod bulmish farzandlarimizga xam utgan ajdodlarimizning xayoti biz uchun ulkan namuna ekanini uktirib kelamiz. Ularning yaxshiliklarini xamisha xar doim yodda tutamiz. Zero,tarixiy xotirasiz kelajak yuk, deb bejizga aytilmagan. Hotira va kadrlash degan gaplar bir kunlik an'anaga boglanib kolmasligi kerak. Vatan, millat, din yulida jon fido kilgan ajdodlarimiz xotirasi bizlar uchun kanchalik ardokli va mukaddas bulsa, keksalik yoshiga etgan uluglarimizning kadriga etish, xurmatlarini joyiga kuyish xam shunchalik muximdir.
Aynan o'tganlarni yodlash asnosida yana bir muhim ish – insonni tirikligida, ko'zi ochiqligida qadrlash, e'zozlashdir.
Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang,
Salom degan so'zning salmog'in oqlang.
O'lganda yuz soat yig'lab turgandan,
Uni tirigida bir soat yo'qlang,
deb bejiz aytilmagan.
Bu kunlarda kilinadigan xayrli ishlardan biri yoshi ulug kishilarning x,olidan xabar olishimiz, ularning kalblariga xursandlik kiritishimizdir. Bu hakda Paygambarimiz Muxammad (S.A.V) hadisi sharifda shunday deganlar: “Kichigimizga rahm kilmagan va kattalarimizning kadriga etmagan kimsa bizdan emasdir”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati)
Davlatimiz doimo urush katnashchilari keksa yoshdagi otaxonlarimiz, onaxonlarimiz va barcha nafakaxurlarga kata dikkat e'tibor bilan g'amxurlik kilib kelmokda. Yaratgandan barcha marxum ajdodlarimizni Uzining raxmatiga olib ularning xaklariga kilayotgan duolarimizni kabul kilib, oramizda xayot kolganlariga farovon xayot tinchlik va ofiyat berishini surab kolamz. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhlari shod oxiratlari obod bo'lsin.
Odiljon Narzullayev
Yangiyul tumani “Imom Sulton” jome masjidi Imom xatibi
Imom Buxoriy majmuasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olami uchun ulug‘ va muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi.
Hazrat Imom Buxoriydek buyuk muhaddis nomi bilan bog‘liq ushbu majmua bugun yurtimizning eng yirik ma’naviy va madaniy markazlaridan biriga aylangan. Har kuni minglab ziyoratchilar bu yerga kelib, ajdodlar merosi, ma’rifat va muqaddas tarix bilan yuzlashmoqda.
Majmua nafaqat ziyoratgoh, balki xalqimizning boy ma’naviy merosi, milliy me’morchiligi va islom sivilizatsiyasidagi o‘rnini namoyon etuvchi noyob madaniy ob’yektdir. Uni barpo etish uchun katta mehnat, yuksak mahorat va qimmatbaho qurilish materiallari sarf etilgan. Shu bois bu qutlug‘ maskanni asrab-avaylash har birimiz uchun muhim vazifadir.
Yaqinda Madaniy meros agentligi tomonidan ayrim ziyoratchilarning majmua hududida beparvo munosabatda bo‘layotgani haqida ma’lumot berildi. Ayrim holatlarda ustunlar, ayvonlar va muzey eksponatlariga ehtiyotsiz munosabatda bo‘lish, chiqindilarni duch kelgan joyga tashlash kabi holatlar kuzatilmoqda. Bu esa nafaqat ziyoratgoh ko‘rkiga, balki uning ma’naviy muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu holat barchamizni sergaklikka chaqirishi kerak. Zero, muqaddas qadamjoga kelgan inson avvalo o‘zini munosib tutishi, tozalik va tartib-qoidalarga amal qilishi lozim. Chunki ziyoratgoh — oddiy sayrgoh emas. Bu yerda asrlar nafasi, buyuk ajdodlar ruhi va ma’rifat ziyosi mujassam.
Tozalik esa inson madaniyatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri. Islom ta’limotida ham poklikka alohida ahamiyat berilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom “Tozalik — iymonning yarmidir”, deya ta’kidlaganlar. Demak, ziyoratgoh hududida ozodalikni saqlash nafaqat fuqarolik burch, balki ma’naviy mas’uliyat hamdir.
Ayniqsa, chet ellik mehmonlar O‘zbekiston haqidagi ilk taassurotni aynan shunday muqaddas maskanlar orqali oladi. Agar ziyoratgoh ozoda, tartibli va fayzli bo‘lsa, bu xalqimizning yuksak madaniyati va ma’naviyatini namoyon etadi. Aksincha, beparvolik va tartibsizlik mamlakatimiz nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yosh avlodni ziyoratgoh madaniyati ruhida tarbiyalash ham muhim ahamiyatga ega. Bolalar kattalardan ibrat oladi. Agar ota-ona muqaddas joyda tartibga amal qilsa, ehtiyotkor bo‘lsa, farzand ham shu ruhda tarbiya topadi. Shu bois har bir inson o‘z harakati bilan boshqalarga namuna bo‘lishi kerak.
Imom Buxoriy majmuasi — millatimiz g‘ururi va ma’naviy boyligi. Uni asrash, tozaligini saqlash va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish har bir insonning vijdoniy burchidir. Ziyoratgohlarga bo‘lgan munosabatimiz orqali biz o‘z madaniyatimiz, ma’naviyatimiz va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatimizni namoyon etamiz.
Asliddin Mustafoyev, majmua axborot xizmati rahbari.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati