Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Dam soldirish joizmi?

10.05.2024   1680   1 min.
Dam soldirish joizmi?

Cavol: Bir hadisda: “Mening ummatimdan hisobsiz jannatga kiradiganlari bo'ladi. Ular bemor bo'lsalar, dam ham soldirmaydilar”, deyilgan ekan. Shunga dam soldirish ham gunohmi?

 

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. Siz so'ragan hadis mashhur sahobiy ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan bo'lib, unda Nabiy alayhissalom bunday deganlar: “Ummatimdan etmish mingi jannatga hisobsiz kirurlar. Ular shunday kimsalarki, dam solishni talab qilmaydiganlar va shumlanmaydiganlar hamda Robbilariga tavakkul qiladiganlardir” (Imom Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati).

Mulla Aliy Qoriy rahimahulloh ushbu hadisning sharhida dam soldirish joizligiga dalolat qiladigan va dam solishdan qaytarilgan hadisi shariflarni keltirib, ularning har biri o'ziga xos ma'noga ega ekanini aytadilar. Ya'ni dam soldirish Qur'oni karim oyatlari, Alloh taoloning ismi sifatlari bilan arab tilida bo'lsa va odamlar shifoni Alloh taolodan deb bilsalar, bu ish joiz ekani, tavakkulga zid emasligi, jannatga hisobsiz kirishdan to'smasligini aytadilar. Lekin dam soldirish johiliyat odatlariga ko'ra bo'lsa, odamlar tushunmaydigan bir narsalar o'qilsa, odamlar shifo shu ruqyadan deb e'tiqod qilsa, bunday dam solish joiz emasligini bayon qilganlar. Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   67216   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari