Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi Haj tartib-qoidalarini buzganlar qattiq jazolanishini ma'lum qildi.
Belgilangan muddatda Makkada, “Masjid al-Harom” atrofi, ziyoratgohlar, Rusayfa shahridagi Haramayn bekati, xavfsizlikni nazorat qilish markazlari, saralash markazlari va vaqtinchalik xavfsizlik nazorati markazlarida Haj tartib-qoidalarini buzgan qirollik fuqarolari, aholisi va mehmonlari 10 000 Saudiya riyali yoki 2 666 AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortiladi..
Qoidabuzarlar o'z vatanlariga deportatsiya qilinadi va Qirollikka qayta kirishlari taqiqlanadi. Bu haqda “Saudy press” agentligiga tayanib “Arabnews” xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirligi qoidabuzarlar har bir qoidabuzarlik uchun yana 10 ming SR miqdorida jarimaga tortilishini aytib, ziyoratchilar o'z marosimlarini xavfsiz va qulay tarzda bajarishlari uchun Haj tartib-qoidalariga rioya qilishi muhimligini ta'kidladi.
Haj va Umra vazirligi zarur ruxsatnomalarsiz haj qilish noqonuniy ekanligini va 50 ming Saudiya riyoli miqdorida jarimaga olib kelishini ta'kidladi. Bundan tashqari, tegishli ruxsatnomasiz ziyoratchilarni olib ketayotganda ushlanganlar ham 50 000 SAR (13. 330 AQSh dollari) gacha jarimaga tortiladi.
“Islom poytaxti” internet resursiga ko'ra, foydalanilgan transport vositasini musodara qilish to'g'risida buyruq chiqariladi va jinoyatchi muhojir bo'lsa, qamoq jazosini o'tab bo'lgach, deportatsiya qilinadi. Noqonuniy tashilgan odamlar soniga qarab jarima miqdori ortib boradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi 104-maktabda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida "Qipchoq" va "Saxovat" MFYda istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jaholatning jamiyat rivojiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning esa inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Islom dinining asl insonparvarlik tamoyillari, ilm va adolatga chaqiruvchi mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onaga hurmat va ularga xizmat qilishning fazilati, farzand tarbiyasidagi ma’rifat va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
t.me/marifiymarkaz