Cavol: Hufton namozida imomga iqtido qilib, shom namoziga niyat kilib qo'yibman. Boshqatdan o'qib olishim kerakmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Niyat namozning shartlaridan biri hisoblanadi. Bu niyatda qalbdagi niyat e'tiborli bo'ladi. Tilda boshqa namoz, qalbda boshqa namozni niyat qilsa, qalbdagi niyat hisobga o'tadi. Shunga ko'ra agar siz dilingizda xufton namozini o'qish niyati bo'lib, tilingizda shom namozini aytgan bo'lsangiz, buning zarari yo'q. Bu holatda namozni qayta o'qimaysiz. Agar dilingizda ham shom namozi deb niyat qilgan bo'lsangiz, u holda qayta o'qib olasiz. Bu borada fiqhiy manbalarimizda quyidagicha iboralar kelgan: “Niyatda e'tiborga olinadigan narsa bu bajarilayotgan ishni qalbning qasd qilishidir. Qalbdagi niyatga tildagi niyat zid bo'lsa, buning ahamiyati yo'q. Chunki tilda aytish qasd qilish emas, balki gapirishdir. Masalan, bir kishi peshin namozini o'qish uchun dilida peshinni niyat qildi, ammo adashib tili bilan asrni niyat qilib qo'ydi. Bunday niyat qilishi kifoya qiladi”(“Raddul muhtor” kitobi). Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rizq va ajal bir-biriga yaqin. Banda ajali yetmagunicha rizqi to‘xtovsiz kelib turadi. Agar Alloh O‘z hikmatiga ko‘ra rizq eshiklaridan birini berkitsa, bilingki, siz uchun undan ham foydaliroq boshqa yo‘lni ochgan bo‘ladi.
Davron NURMUHAMMAD