Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

460 yoshda vafot etgan payg'ambar

13.05.2024   3441   3 min.
460 yoshda vafot etgan payg'ambar

Hud alayhissalomning to'liq ismlari Hud ibn Abdulloh ibn Raboh ibn Halud ibn Od. Demak, u zotning qavmi nomi bobosi Od ismidan olingan. Nasablari Nuh alayhissalomning Som ismli o'g'liga boradi. Arablar Boida, Oriba va Musta'rabaga bo'linsa, Od qavmi boida hisoblanadi.

“Boida” – “o'tib, tugab ketgan” degan ma'noni anglatadi. O'sha arablardan bo'lgan Od qavmi sarkashligi bilan mashhur. Hud alayhissalom bilan bo'lib o'tgan qissalari “Od qavmi qissasi” deyiladi.

“Hud” so'zi "yumshoq", "yaxshi", degan ma'nolarni bildiradi.

Hud alayhissalomning ismlari Qur'onning A'rof, Hud va Shuaro suralarida jami 7 marta kelgan.

Qur'oni Karimda bitta sura Hud alayhissalomning ismi bilan “Hud” deb nomlangan bo'lsa, “Ahqof” surasi u zotning yashagan er nomidir.

Od qavmi Yaman, Ummon va Hazaramavt o'rtalig'idagi Ahqof nomli makonda yashab o'tganlar. Qavm odamlari baland bo'yli, bahaybat kishilar bo'lib, ulkan chodirlarda yashagan.

Alloh taolo Hud alayhissalomning qavmiga hidoyatga kelishi va jazo tariqasida uch yil yomg'ir yog'dirmay qurg'oqchilik yubordi. Ammo qavm tavba qilmadi, shunda Hud alayhissalom duo qildilar va bir zumda osmonni qora bulut qopladi. Sarkash qavm bulutni yomg'ir yog'diruvchi deb o'yladi.

Bu Alloh taolo tomonidan yuborilgan halok qilguvchi balo edi: "Od esa, dahshatli, quturgan bo'ron bilan halok qilindilar. U ularning ustiga paydar-pay etti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo'ydiki, endi u joydagi qavmni ichi bo'shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab, halok bo'lib yotganini ko'rasiz. Bas, ulardan asoratni ko'rayapsizmi?!" (Al-Haqqo, 6-8).

Alloh taolo Od qavmini halok qilgandan so'ng Hud alayhissalom Hazaramavtda yashadilar. U zot to'rt yuz oltmish yoshda vafot etgach, Tiriym nomli shaharga dafn etildi.

A'zam Obloqulov,
Jizzax viloyati, G'allaorol tumani "
Sayfin ota" jome masjidi imom-xatibi.

 Manbalar:

"Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir";

"Payg'ambarlar tarixi".

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   81915   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari