Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Fuqaholarni yaxshi ko'rargan faqih

13.05.2024   1722   7 min.
Fuqaholarni yaxshi ko'rargan faqih

Ismi: Horun Ar-Rashid bin Muhammad Mahdiy bin Abdulloh Mansur bin Muhammad bin Ali bin Abdulloh bin Abdulmutallib.

Kunyasi: Abu Ja'far.

Halifalik davrlari: 786-809 milodiy, 170-193 hijriy yillar. 23 yil davlat boshqaruvida bo'lgan.

Boshqaruvining eng rivojlangan davri: 170 hijriy, 789 milodiy yil bo'lgan.

Tavallud yili: 149 hijriy; 766 milodiy.

Tug'ilgan joyi: Ray shahri, Abbosiylar davlatining tog'li hududida joylashgan[1].

Ayollari: Zubayda bintin Ja'far; Aziza binti Solih; Ummu Muhammad[2].

O'g'illari: Muhammad Amin, Abdulloh Ma'mun, Muhammad Mu'tasim, Qosim, Ahmad Sabtiy, Adnon, Ali, Solih, Muhammad Abu Ya'qub,  Muhammad Abu Iso, Muhammad Abul Abbos Muhammad Abu Ali.

Qizlari: Sakina, Ummu Habiba, Urva, Ummul Hasan, Hamduna, Fotima, Ummu Salama, Hadicha, Ummul Qosim, Romla, Ummu Ali, Ummu G'oliya.

Onasi: Huzayron bintib A'to.

Otasi: Muhammad Mahdiy.

Aka-ukalari: Muso Hodiy, Ibrohim, Abdulloh,  Ali, Ubaydulloh, Mansur, Is'hoq, Ya'qub.

Diyonati: Sunniy.

Sulolasi: Abbosiylar xalifaligining beshinchi xalifasi.

Horun Ar-Rashid arab madaniyati bilan tarbiyalangan, iqtidorli adib va shoir, zakovatli olim va e'tiborli xalifalardan edi.

Shuning uchun ham, uning tushunchasi olimlar zehniyati bilan barobar degan fikr o'sha davrning o'zidayoq mavjud edi.

Horun  Ar-Rashidning  qarorgohi doimiy ravishda  shoirlar,  tabiblar, islom huquqshunos olimlari, kimyogarlar va musiqashunoslar  bilan  gavjum bo'lgan. Uning o'zi ko'pincha ulamolar va adiblar bilan tez-tez bahsu munozaralar o'tkazib turgan.

Gohida, shoirlarni, ular yozgan  she'rlarni tanqid qilib, balog'at gap va she'rni cho'zish emas, ma'noni qisqa va tez ifodalovchi ilmdir, degan edi.

Imom Zahabiy aytadi: “Horun Ar-Rashid ulamolarni o'ziga yaqin tutar, tortishuv va sergaplik uni g'azabini  keltirar edi. O'zi esa, qilgan behuda o'yin kulgu va gunohlari uchun tinmasdan yig'lar edi. Hususan, birov unga pand-nasihat qilsa, o'zini yig'idan to'xtatolmas edi”.

Hatib Bag'dodiy aytadi: "U faqih va fuqaholarni yaxshi ko'rardi va ulamolarga hurmati yuqori edi".

Horun Ar-Rashid  bilan bir zamonda yashagan va hamsuhbat bo'lgan mashhur adib va shoirlar Abu Tohiya hamda Abu Sa'iyd As'amiylar bo'lgan.

Horun Ar-Rashidga zamondosh bo'lgan mazhabboshi olimlar Imom Shofe'iy va Imom Molik bo'lganlar.

Horun Ar-Rashid Madinai munavvaradagi manzilini qasd qilib safarga chiqqan paytda Imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayh o'zlarini “Muvatto” kitobini unga o'qib berganlar.

Ilmiy sohada esa Horun Ar-Rashid mashhur kimyo olimi Jobir ibn Hayyonni va uning shogirdlarini moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlagan. Natijada, u o'z shogirdlari bilan birga kimiyo ilmida amaliy tajriba o'tkazish metodikasini yaratgan. O'sha davrda barcha olimlar, adiblar, madaniyat va san'at arboblari Horun Ar-Rashidning  madaniyat,  san'at, adabiyot, ilm, fan va she'riyatga bo'lgan munosabatini juda katta mamnuniyat bilan qadrlashgan.

Milodiy 795 yilga kelib Horun Ar-Rashid xalifalik qilgan Abbosiylar davlatiga qarashli bo'lgan ba'zi bir o'lkalarda siyosiy harakatlar paydo bo'la boshladi. O'sha yillari Horun Ar-Rashidga qarshi qo'zg'olonlar ko'tarildi, qo'zg'olonchilarga u zudlik bilan chora ko'rdi.

Milodiy  795  yilda Qays va Qazo'a qabilasi Misr voliysiga qarshi jang boshladi. Bu voqeadan xabar topgan Horun Ar-Rashid Harsima ibn A'yun qumondonligi ostida katta qo'shin jo'natib qo'zg'olonchilarni mag'lub qildi.

Qo'zg'olonchilar Misr voliysiga itoat qilishga majbur bo'ldilar va bo'yinlariga yuklangan tovon pulini to'lashda davom etdi.

Harsima ibn A'yun boshchiligida Afrikada Abduvayh Anboriy rahbarligidagi yana bir katta fitnaning alangasi o'chirildi. Bunday ulkan qo'zg'alonni tinchitishda Yahyo Barmakiy ham juda muhim rol o'ynadi.

Milodiy 793 yilda ham Abbosiylar davlatiga qarashli bo'lgan Shom o'lkalarida ham ba'zi bir fitnalar bo'lib o'tdi.

Hususan, Al-Mudariya va Al-Yamoniya nomli ikki qabila o'rtasida urush boshlandi. Bu ikki qabila o'rtasidagi urush uzoq cho'zilgach Horun Ar-Rashid milodiy 794 yilda qo'shin jo'natib, urushga yakun yasadi.

Shundan so'ng, eng oxirgi fitnachi va qo'zg'alonchilardan bo'lgan Abul Hasib Vahib ibn Abdulloh Tus va Nishopur kabi shaharlarni bosib oldi. Keyinroq hozirgi Turkmanistonda joylashgan Marv shahrida mag'lubiyatga uchradi.

Horun Ar-Rashid unga qarshi Ali ibn Iso ibn Mahonni jo'natdi. U milodiy 783 yil fitnachi Abul Hasib Vahib ustidan g'alaba qildi. Bu voqealardan so'ng Abbosiylar davlati Horun Ar-Rashid boshchiligida rivojlanishda davom etdi.

Po'latxon KATTAYeV,

TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi

katta o'qituvchisi.

[1] Hozirgi Mashhad

[2] Abbosiya, Jurayshiya, Usmoniya bo'lganlar.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

14.08.2026   55462   1 min.
YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston va YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibiyati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda mahalla bilan bog‘liq madaniy an’ana va urf-odatlar, ularni xalqaro darajada targ‘ib qilish istiqbollari muhokama qilindi.

YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibi Fumiko Oxinata va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun mas’ul dastur mutaxassisi Nikolas Tan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vakillari mahallaning ko‘p asrlik tarixi, uning jamiyat hayotidagi alohida o‘rni va milliy an’analarni saqlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda mahalla O‘zbekiston xalqi turmush tarzining ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. U insonlarni yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro yordam, hamjihatlik va katta avlod vakillariga hurmat tamoyillari asosida birlashtiradi.

YUNЕSKO Kotibiyati vakillari taqdim etilgan materiallarga katta qiziqish bildirdi. Ular O‘zbekistonda mahalla bilan bog‘liq shakllangan jamoat hayoti tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tirof etdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilishdagi roli alohida qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek mahalla tizimi tajribasi YUNЕSKO Kotibiyati mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari