Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Bir oyat tafsiri: Kuvvirot

13.05.2024   1259   6 min.
Bir oyat tafsiri: Kuvvirot

بسم الله الرحمن الرحيم

 الحمد لله رب العالمين الصلاة و السلام على سيدنا محمد وعلى آله و أصحابه أجمعين لا حول ولا قوة إلا بالله

 “Takvir” surasi. 1oyat tafsirlaridan tarjimalar

Qur'on oyatlari olamlarning tarbiyachisi tomonidan nozil bo'lgan ekan, uning haybati ham, oyatlar zamiridagi ma'nolar ham shunga yarasha bo'ladi. Ojiz bandalar hammalari jamlanib tafsir yozsalar ham, hamma yozilgan tafsirlar jamlansa ham bu ilohiy kalom ma'nosini to'liq ochib bera olmaydi. Shuning uchun har bir tafsir qilish huquqi bo'lgan mufassir o'z imkoniyati doirasidan kelib chiqib ijtihod qiladi. Quyida ana shunday mo''tabar tafsirlardan tarjimalarni taqdim etmoqdamiz

Takvir” surasi Makkada nozil bo'lgan.

«Takvir» so'zi lug'atda «o'rash» ma'nosini bildiradi.

بسم الله الرحمن الرحيم

إِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ

“Quyosh o'ralganida”.

Oyatdagi «kuvvirot» so'zi bir narsani dumaloq qilib o'rash ma'nosini bildiradi. Quyoshning o'ralib qolishi, ya'ni so'nishi qiyomatning qoim bo'lishi alomatlaridandir. Ya'ni, qiyomat kuni kelganida quyosh o'ziga o'zi o'raladi va nuri batamom to'siladi. (Irfon).

Vaqtiki, quyoshni buklab, o'ralsa.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim qiyomat kunini ko'zi bilan qaragandek ko'rishni xohlasa “Izash-shamsu kuvvirat”, “Va izas-samoun-fatarat”, “Izas-samoun-shaqqat” suralarini o'qisin” dedilar. (Imom Ahmad rivoyati. Imom Termiziy ham shu kabi rivoyat qilgan).

Ali ibn Abu Talha ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilishicha إِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ya'ni “Quyosh qorong'ulashsa”.

Avfiy esa: “Yo'qolsa” degan.

Mujohid: “Zim bo'lib yo'qolsa, tugansa” degan. Zihok ham shunday degan.

Qatoda: “Nuri ketsa” degan.

Sa'id ibn Jubayr: “Tushib ketsa” degan.

Rabi' ibn Husaym: “Otib yuborilsa” degan.

Abu Solih: “Tashlansa, tashlab yuborilsa” va yana “Ag'darilsa, to'ntarilsa” degan. Zayd ibn Aslam: “Yerga tushib ketsa” degan.

Ibn Jarir: “Bizning nazdimizda narsani bir-biriga jamlamoq (o'ramoq) degan so'z to'g'riroq. تكوير العمامة  (sallani o'ramoq) so'zi shundan. Shunga ko'ra كُوَّرَتْning ma'nosi bir-biriga jamlanib, so'ng o'ralib, irg'itilsa shundan keyin nuri so'nishini anglatadi” degan”.

Ibn Abu Hotim ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: “Alloh qiyomat kunida Quyosh, Oy va yulduzlarni dengizga buklab, o'raydi. So'ng g'arbdan shamol jo'natadi, o't ularni kuydirib yuboradi”. Omir Sha'biy ham shunday degan.

Ibn Abu Hotim yana Abu Maryamdan rivoyat qilishicha Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mazkur oyat haqida: “Jahannamda o'ralsa (buklansa)deganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Quyosh va Oy qiyomat kunida o'ralurlar (buklanurlar)dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Albatta, Quyosh va Oy qiyomat kuni do'zaxdagi ikki nurlardur”.

Quyoshning zoti emas, balki ufq uzra yoyilgan nurining o'ralishi ma'nosida bo'lishi ham mumkin.

Sahih xabarlarda kelishicha qiyomat kunida Quyosh mashhargohda boshlar uzra bir mil masofagacha yaqin bo'lur. Insonlar terlariga botib keturlar.

Abu Solih “ag'darilsa, to'ntarilsa” degan. Ibn Abbos raziyallohu anhumo: Quyoshning o'ralishi Arshga kirmog'idur” degan. Mujohiddan “Yo'qolsa, tugallansa” deb ham rivoyat qilingan.

Zamaxshariy tafsirida aytadi: “التكوير” - كوّرت العمامة (sallani o'rash)dan olinib, Quyoshning nuri o'ralishi natijasida uning ufqdagi yog'dusining taralib, yoyilishi ado bo'lishi ma'nosida. U Quyoshning zavol topib tamom bo'lishini ifoda qiladi. Chunki uning nuri yaralganidan buyon o'rog'liq holning aksi – yoyilgan holatda bo'lgan edi.

Ko'tarilishi va to'silishi ma'nosida bo'lishi ham mumkin. Falakidan tashlansa, otib yuborilsa.

Rivoyat qilinishicha, Quyosh va yulduzlarga ibodat qilganlarga ko'rasatib qo'yish uchun u ikkisi (Quyosh va yulduzlar) jahannamga otib tashlanadi. Qaysiki, “Anbiyo” surasida bayon qilinganidek: “Albatta, sizlar va Allohdan o'zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilg'isidirsiz”(98-oyat).

 

“Ibn Kasir”, “Ruhul ma'oniy” va “Kashshof” tafsirlaridan olindi.

 Ulug'bek qori YO'LDOShYeV,

Asaka tumanidagi “Muhammadsolih hoji” jome masjidi xodimi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   64672   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari