14 may kuni Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov rahbarligida Yangiqo'rg'on tumanida faoliyat ko'rsatayotgan masjidlar imom-xatib, imom-noib va mutavallilari ishtirokida sayyor yig'ilish bo'lib o'tdi.
Majlisda bugungi kunda diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, o'z navbatida imom-xatiblik sharafli va mas'uliyatli vazifa ekani, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik bilan qarashi, o'zining ustida muntazam ishlashi va mo'min-musulmonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarurligiga alohida urg'u qaratildi.
Jumladan, masjidlar imom-xatib va imom-noiblarini ish davomati, funktsional vazifalarini bajarish, kiyinish madaniyatiga rioya qilish bo'yicha shaxsiy namuna bo'lishi lozimligi hamda Fuqoralarni qabul qilish kunini ham sifatli qabul qilishni aytib o'tildi.
Shuningdek, shu kuni O'MI Namangan viloyat vakili Musoxon domla Abbosiddinov boshchiligida tuzilgan maxsus ishchi guruh a'zolari Yangiqo'rg'on tumanidagi «Abdulloh», «Bahouddin pirim», «Dorussalom», «Beshbuloq» masjidlarining ozodaligi, hujjatlari yuritilishi, qurilish-ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar berildi.
*****
Namanagan viloyati Davlatobod tumanidagi Madaniyat markazida viloyatda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun navbatdagi o'quv-seminar o'tkazildi. Unda oila muqaddasligi, milliy va diniy qadriyatlar, bid'at-xurofot, Islom shariatida fiqhiy atamalar tasnifi, oilada ayollarning huquq va burchlari, qaynona-kelin munosabatlari kabi mavzularda ma'ruzalar qilindi.















O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.
Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.
Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati