Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

Hajga ketayotgan ayollarga tavsiyalar: Ikki haramdagi ibodatlar (6 qism)

15.05.2024   2392   3 min.
Hajga ketayotgan ayollarga tavsiyalar: Ikki haramdagi ibodatlar (6 qism)
  1. Qattiq talab etiladi: Ayollar masjidi Nabaviyda Ravzaga kirgan vaqtda imkon qadar o'zlarini bosiq va vazmin tutishlari kerak. Hissiyotlarni jilovlash, ko'proq salovatlar, duolar qilish va asosiysi boshqa ziyoratchilarni ranjitmaslik talab etiladi.

Alloh taolo Qur'oni karimda keltiradi: “Ey iymon keltirganlar! Ovozingizni Payg'ambar ovozidan yuqori ko'tarmang va unga bir-biringiz ila so'zlashgandek dag'al so'z aytmang, o'zingiz sezmagan holda amallaringiz habata bo'lib qolmasin”(Hujurot surasi, 2-oyat). Alloh taoloning oyati karimasidagi bu ta'kid o'zini musulmonman degan har bir insonga tegishlidir.

  1. Masjidun Nabaviydagi bir rakat namozning savobi ming rakat namozga, Masjidul Haromdagi bir rakat namozning savobi esa yuz ming rakat namoz savobiga tengligini doimo esda saqlab, vaqtni g'animat bilib, doimo ibodatda bo'lish kerak.
  2. Ikkala Haramda ham sahar payti aytilgan birinchi azon tahajjud namozi uchun bo'ladi. Ikkinchi azon bomdod namozi uchunligini yodda saqlash kerak.
  3. Haj muddati oz ekanligini hisobga olib, imkon qadar barcha namozlarni ikkala Haramda o'qishga harakat qilish kerak.
  4. Ikkala Haramda o'qiladigan farz namozlariga imomga iqtido qilinadi.
  5. Ruku va sajda tasbehlarini kamida 3 ta yoki 5, 7, 9, 11 marta aytish  mumkin (ikkala Haramda ruku va sajda uzoqroq bo'ladi).
  6. Ikkala Haramda har namozdan  keyin 4 takbir bilan janoza namozi o'qiladi. Ayollar ham janoza namozini o'qishi mumkin.
  7. Qazo namozlari bo'lsa, ikkala Haramda ham to'liq o'qiydi.
  8. Imomdan oldinga o'tib ketmaslikka ham jiddiy e'tibor berish lozim.
  9. Mehmonxona va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlari tashqarisidagi suvlardan ichishdan saqlanish. Chunki bu suvlar tahorat uchun bo'lib, ular iste'mol qilish uchun yaroqsiz sanaladi.
  10. Hajga boruvchi ayollar ibodat vaqtida ulkan ajrlar berilishi bilan bir qatorda qilingan gunohlar ham ko'paytirib berilishini hisobga olib, birovlarning haqiga, moliga xiyonat qilmaslik, atrofdagilar bilan janjalmaslik, o'zi va boshqalar uchun savobli amallar qilishga harakat qilishi talab qilinadi.

 O'zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi va Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'limi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Qur’on tinchlikka buyuradi»

18.08.2026   9855   1 min.
«Qur’on tinchlikka buyuradi»

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Qur’on tinchlikka buyuradi» shiori ostida Samarqand shahridagi "Obi Rahmat" jome masjidida Qur’on musobaqasi tashkil etildi. Qur’oni karimga bo‘lgan muhabbatni yuksaltirish, qiroat va tajvid ilmlarini keng targ‘ib etish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu xayrli tadbirning saralash bosqichlaridan o‘tgan ishtirokchilar «Hifz» va «Mujavvid» yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdi.
 

G‘olib va sovrindorlar:
 

«Hifz» yo‘nalishi:
1-o‘rin: Asqar Tursunov (Samarqand shahri, «Muhammadamin ota» masjidi imom-noibi);
2-o‘rin: Abduvakil Olimov (Urgut tumani, «G‘avsul A’zam» masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin: Shavkat Mahmudov (Narpay tumani, «So‘fi Ziyrak» masjidi imom-xatibi).
 

«Mujavvid» yo‘nalishi:
1-o‘rin: Zikrullo Matlabov (Samarqand shahri, «Xo‘ja Abdu Darun» masjidi imom-noibi);
2-o‘rin: Burxoniddin Tursunov (Nurobod tumani, «Jom ota» masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin: Isomiddin Isayev (Paxtachi tumani, «Xo‘ja Ziyovuddin» masjidi imom-xatibi).
 

Qo‘shimcha nominatsiyalar:
«Eng ta’sirchan tilovat»: O‘tkir Abdullayev (Pastdarg‘om tumani);
«Eng go‘zal tilovat»: Sardorxon Sobirov (Samarqand tumani);
«Tajvid qoidalariga eng mukammal rioya qilgan ishtirokchi»: Yusufxon Nizomov (Samarqand shahri).

Tadbir yakunida g‘oliblarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligining diplomlari va «Vaqf» fondi filiali tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

«Qur’on tinchlikka buyuradi» «Qur’on tinchlikka buyuradi» «Qur’on tinchlikka buyuradi» «Qur’on tinchlikka buyuradi»
Yangiliklar