Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Sentabr, 2026   |   10 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:50
Quyosh
06:09
Peshin
12:16
Asr
16:34
Shom
18:26
Xufton
19:41
Bismillah
21 Sentabr, 2026, 10 Rabi`us soni, 1448

Qarindosh g'ayridin bo'lsa...

15.05.2024   1718   4 min.
Qarindosh g'ayridin bo'lsa...

Silai rahm – qarindoshlik rishtalarini bog'lash bo'lib, u insoniy muomalalarning eng afzalidir. Uning aksi bo'lgan qarindoshlik rishtalarini uzish esa, eng og'ir gunohlardan hisoblanadi.

Alloh taolo bandalarini qarindoshlik rishtalarini bog'lash va mustahkamlashga buyurib, Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: “Qarindoshga, miskin va yo'lovchiga haqlarini bering va isrofgarchilikka mutlaqo yo'l qo'ymang!”(Isro surasi, 26-oyat).

Shariatimiz ko'rsatmalarida qarindoshchilik aloqalarini uzishlikka mutlaqo yo'l qo'ilmasligi ham bejiz emas.

Alloh taolo Qur'oni karimda jannat sohiblarining sifatlarini keltirar ekan, jumladan shunday marhamat qiladi: “Ular Alloh bog'lanishiga amr etgan narsani bog'larlar, Robbilaridan qo'rqurlar va hisobning yomonidan xavfda bo'lurlar” (Ra'd surasi, 21-oyat).

Dinimiz ta'limotlarida qarindoshchilik aloqalarini bog'lashga shu qadar qattiq targ'ib qilinadiki, hatto ular musulmon bo'lmasalar ham, qarindoshchilik haqlari ado qilinishi buyuriladi.

Maymun ibn Mihron aytadi: “Uch narsada kofir va musulmon barobardir: kim bilan ahdlashgan bo'lsang, ahdingga vafo qilgin, xoh kofir bo'lsin, xoh musulmon. Albatta, ahd Alloh uchundir. Orada qarindoshchilik bo'lsa, silai rahm qilgin, xoh kofir bo'lsin va xoh musulmon! Kimiki senga omonat bersa, omonatini ado qilgin, xoh kofir bo'lsin, xoh musulmon”.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlar yaqin kunlarda bir erni fath qilasizlar. U erda Qiyrot (kalimasi) ishlatiladi, dedilar.

Boshqa rivoyatda:

Yaqin kunlarda Misr fath qilinadi. U er Qiyrot deb nomlanadi. Uer ahliga yaxshilik qilish vasiyatini mendan olinglar. Chunki ularga ahdlashuv vaqarindoshlik tomonimiz bor, deyiladi.

Yana boshqa bir rivoyatda:

Agar u erni fath qilsangizlar, u er ahliga chiroylimuomalada bo'linglar. Chunki ahdlashuv va qarindoshlik yoki ahdlashuv va qudachiliktomonimiz bor, deyilgan (Imom Muslim rivoyatlari).

Ulamolar: “Qarindoshlik tomoni – Ismoil alayhissalom onalari Hojar o'sha erlik bo'lganlar. Qudachilik tomoni – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'g'illari Ibrohimning onalari Moriya o'sha erlik bo'lgan”, deb aytishgan.

Shahobiddin PARPIYeV,

Asaka tumanidagi “Muhammadsolih” jome masjidi imom-xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi

21.09.2026   8986   1 min.
Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi

1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi.


Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyati vakili o‘rinbosari Abduhalil domla Abdunazarov, bilim yurti rahbariyati, «Vaqf» xayriya jamoat fondi viloyat filiali mutasaddilari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdi.


Tadbirda ustozlik kasbining sharafi, yosh avlodga diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rgatish yo‘lidagi fidokorona mehnatning ahamiyati alohida e’tirof etildi.


Bayram munosabati bilan ustoz va xodimlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi: 
 

  • 5 nafar faol ustozga jami 25 million so‘m (har biriga 5 million so‘mdan) moddiy yordam ko‘rsatildi;

  • 31 nafar ustoz va ishchi-xodimga bayram oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.


Bunday e’tibor va e’zoz soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari