Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Fuqarolar murojaati o'z echimini topmoqda

15.05.2024   1019   2 min.
Fuqarolar murojaati o'z echimini topmoqda

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining aholi bilan samimiy muloqoti ko'plab muammolarni hal etishda muhim omil bo'lmoqda.

Bugun, 15 may kuni Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Diniy idorada fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdilar. Qabul chog'ida ular tomonidan ko'tarilgan masjidlar holati, imom-xatib faoliyati, oilaviy masalalar, haj, diniy ta'lim hamda moddiy yordam olish singari masalalarning aksariyati ijobiy hal etildi.

Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar echimi bo'yicha maslahatlar, shar'iy masalalar echimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so'raganlarga belgilangan tartibda ko'mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlar ko'rib chiqish uchun idora bo'limlariga tegishli vazifalar yuklandi.

Mana shunday samimiy qabul va g'amxo'rlikdan mamnun bo'lgan fuqarolar O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ko'rsatilgan e'tibordan ko'ngillari shod bo'lishib, xayrli duolar qilishdi.

Bu kabi qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

02.09.2026   374   1 min.
Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.


Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.


Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda
O'zbekiston yangiliklari