Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Aprel, 2026   |   1 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:38
Peshin
12:27
Asr
17:08
Shom
19:11
Xufton
20:29
Bismillah
19 Aprel, 2026, 1 Zulqa`da, 1447

Peshonamiz sajdadan yaraqlasin

16.05.2024   847   3 min.
Peshonamiz sajdadan yaraqlasin

Musulmon – peshonasi yaraq­lagan inson. Chunki u o'zining qanchalik ojiz, Holiq tao­loning ulug'ligini e'tirof etgan holda boshini sajda qo'yganidagi huzur-halovatni tuyishi katta ne'matdir.

Mo'minning ana shu sifati oyati karimada: “Ular namozlarida o'zlarini kamtar tutuvchilardir” (Mu'minun surasi, 2-oyat), deb maqtaladi. Namozxonning doimo xushu bilan boshini erga qo'yishi uning peshonasida sajda izlarining paydo bo'lishiga, bu belgilar dunyo va oxiratda uning peshonasi yaraqlaganiga, ya'ni tanilishiga sabab bo'ladi.

Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi: “Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo'lgan (mo'min)lar kofirlarga qahrli, o'z oralarida (mo'minlarga nisbatan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl va rozilik tilab ruku va sajda qilayotgan hollarida ko'rarsiz. Ularning yuzlarida sajda asoratidan (qolgan) belgilari bordir...” (Fath surasi, 29-oyat). 

Mo'minlarning shunday sifatlari Tavrot va Injilda ham kelgan.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sal­lam: “Do'zax Odam bolasining sajda izini­gina emaydi. Chunki Alloh do'zaxga sajda izini eyishni harom qilgan”dedilar (Imom Buxoriy rivoyati). 

Imom Muslim rivoyat qilgan xadisda Sav­bon roziyallohu anhu bunday deydi: «Rasulul­loh sollallohu alayhi va sallamdan meni jannatga kiritadigan amal haqida so'radim. U zot: “Ko'p sajda qil, chunki sen Alloh uchun bir marta sajda qilsang, Alloh taolo bu bilan seni bir daraja yuksaltiradi va sendan bitta xatoni o'chiradi”, dedilar.

Demak, ko'p sajda qilish tufayli gunohlar o'chi­riladi.

Alloh taolo ibodatlarimizni qabul, vujudimizda sajda izlarini barqaror aylasin! 

Ruhiddin AKBAROV

 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada diniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etadi

16.04.2026   9895   1 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada diniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etadi

Shu yilning 16–18 aprel kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘ladi.

Safar doirasida:
diniy idoralar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash; 
imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish; 
o‘zaro tajriba almashish;
ta’lim dargohlarida bo‘lish; 
jome masjidlar faoliyati bilan yaqindan tanishish kabilar reja qilingan.

Shuningdek, Moskva shahrida o‘qish yoki ish bilan yurgan hamyurtlarimiz bilan muloqotlar qilish, ularning fikr-mulohazalarini tinglash va e’tiqod sog‘lomligiga qaratilgan suhbatlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari