Horazm viloyatidagi “Imom “Faxriddin ar-Roziy” o'rta maxsus islom bilim yurtida viloyatda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun o'quv-seminar tashkil etildi.
O'quv-mashg'ulot davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'lim etakchi mutaxassisi Munira opa Abubakirova “Bid'at-xurofotlarni bartaraf etish ” mavzusida ma'ruza qildi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan otinoyilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning hududiy boshqarmasi vakili, viloyat targ'ibot guruhi rahbari M.Masharipova ham qatnashdi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Horazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 2–3 sentyabr kunlari Qohira shahrida Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati tashabbusi bilan nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etadi. Ma’lumki, joriy yil iyul oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Butunjahon Fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati a’zoligiga qabul qilingan edilar.
Xalqaro yig‘inda dunyoning taniqli muftiylari, fatvo va fiqh markazlari ulamolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Al-Azhar dorulfununi kabi nufuzli oliygohlar professorlari hamda soha mutaxassislari jam bo‘ladi.
Kun tartibida sun’iy intellekt, jadal raqamlashtirish va zamonaviy bioetika zamonida oila instituti mustahkamligini ta’minlash, ayollar huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda ma’naviy inqirozlarga islomiy qadriyatlar asosida shar’iy va ilmiy yechimlar topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati