Qur'oni karim bizga chumoli bilan Sulaymon alayhissalom o'rtasida bo'lgan qissa haqida “Naml” (“Chumoli”) deya nomlanmish surada quyidagicha hikoya qiladi:
“Sulaymonga jin, ins va qushlardan bo'lgan askarlari to'planib, tizilgan holda turdilar. Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi.
Chumolilar ham asalarilarga o'xshab, ajoyib intizomga ega. Hali-hanuz ularning jamoat bo'lib yashashlari siri anglangan emas. Bu oyatda ular bir-birlarini xavf-xatardan ogoh etishlari aytilmoqda.
Bas, u uning so'zidan tabassum qildi va: «Robbim, meni O'zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr etishimga va sen rozi bo'ladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. O'z rahmating ila meni solih bandalaringga qo'shgin», dedi”. (Sulaymon alayhissalom chumolining so'zlarini eshitib jilmaydilar) (Naml surasi, 17-19 oyatlar).
Ushbu oyatlar bu mavjudotning qadrini ko'taradi, sha'ni ulug'ligini ifoda etadi. Bu qissadan bir qancha qonunlar tuzib chiqilgan bo'lib, uni “Chumolining o'n qoidasi” deb nomlash ham mumkin.
Bir gurux frantsiyalik “olimlar” Qur'onni tanqid qilishga urindilar va لَا يَحْطِمَنَّكُمْ kalimasida to'xtalib, “Qur'on ushbu lafzni ishlatish bilan ta'birda xatoga yo'q qo'ygan. Chunki حطم(“hattoma”) fe'li “sindirmoq” degan ma'noni anglatadi. Shisha sindiriladi, ammo chumoli sindirilmaydi-ku, balki eziladi, o'ldiriladi-ku” deyishdi.
Bu gapga avstraliyalik bir olim e'tiroz bildirdi. U bir necha yillar davomida chumolilar tuzilishini o'rgana boshladi va tadqiqot xulosasini e'lon qildi. Hulosada ushbu gaplar bor edi: “Albatta, Qur'onning mazkur lafzi yuz foiz to'g'ri! Chunki chumoli tanasining 70 foizi shisha moddadan tashkil topgan ekan”.
Keyin u ushbu xulosani butun dunyoga e'lon qildi.
Demak, chumoli ezilmaydi, balki sindiriladi! Qur'on buni o'n to'rt asrdan beri aytib keladi. Ammo bu haqiqat butun olamga bir necha yillar oldin ma'lum bo'ldi.
Doktor Hasson Shamsi Poshoning “Metin qoyalar” kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Bugun, 29 aprel kuni “Yagona olimpiada – 2026” bilimlar bellashuvining yakuniy respublika bosqichi Imom Termiziy nomidagi islom institutida bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari kesimida birinchilikni qo‘lga kiritgan talabalar ishtirok etdi.
Tanlovda ishtirokchilar arab tili, fiqh, aqoid va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazdi. Mazkur jarayonlarini malakali hakamlar hay’ati baholab bordi.
Qizg‘in kechgan bahslardan so‘ng yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
I-o‘rinni “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Ilhom Baxtiyorov qo‘lga kiritdi.
G‘olib talaba “Vaqf” fondi granti asosida oliy diniy ta’lim muassasasiga imtihonsiz o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, u O‘zbekiston musulmonlari idorasining birinchi darajali diplomi va 10 million so‘mlik pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
II-o‘rin “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muascasasi talabasi Muhammadyusuf Abduvohidovga nasib etdi.
Ikkinchi o‘rin sohibi oliy diniy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi uchun imtihon natijalari bo‘yicha o‘zi to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball olish imtiyozini qo‘lga kiritdi. Unga O‘zbekiston musulmonlari idorasining ikkinchi darajali diplomi va 7 million so‘mlik pul mukofoti berildi;
III-o‘ringa “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Otabek Yusupov munosib deb topildi.
Talabaga oliy diniy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi uchun imtihon natijalari bo‘yicha o‘zi to‘plagan ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball olish imtiyozi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining uchinchi darajali diplomi va 5 million so‘mlik pul mukofoti berildi.
Tanlovning boshqa ishtirokchilariga ham qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.
Alloh taolo olimpiada g‘oliblariga imtiyoz va sovrinlarni muborak qilsin, ilm musobaqalarining bardavom bo‘lishini nasib aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati