QAShShOQLIK va MUHTOJLIKNING eng katta 62 ta SABABI
yoxud
1I 2 BO'LMASLIK SABABLARIni
ULUG' USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
KALOMULLOHNINGOYaTIKARIMALARIDA
HUDOIMTAOLOMARHAMATQILADI:
Z «Alloh xohlagan kishilarga behisob rizq berur»(Baqara surasi 2/212 oyat);
Z «Qasamki, agar bergan ne'matlarimga shukr qilsangiz, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim ham juda qattiqdir»(Ibrohim surasi 14/7 oyat);
Z «Isrof qilmangiz! Albatta, Alloh isrof qiluvchilarni sevmaydi»(An'om surasi 6/141 oyat);
Z «Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, tutgan yo'llari buning o'rtasida – mo''tadildir»(Furqon surasi 25/67 oyat);
Z «Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar! Zero Alloh isrof qilguvchilarni sevmas!»(A'rof surasi 7/31 oyat).
Ba'zi ulamolar: “Alloh ushbu oyatda tabobat ilmining yarmini jamlagan” deyishgan.
JANOBIPAYG'AMBARIMIZRASULULLOHSALLALLOHUALAYHIVASALLAM
MYeHR-MURUVVATTARIQASIDAMARHAMATQILADILAR:
¯ “Kim o'ziga tilanchilik eshigini ochsa, Alloh unga qashshoqlikning 70 ta eshigini ochib qo'yadi”;
¯ “Kim hayotda tejamli bo'lsa, qashshoqlik ko'rmaydi”(Imom Termiziy rivoyatlari);
¯ “Odamlardan bo'lgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qilaolmagan odam – Hudoga ham shukr qilaolmaydi”;
¯ “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam taom tanovul qilsalar, uchta barmoqlarini yalardilar va: “Qachon, birortangizdan luqma tushsa, uni olsin va undagi nopok narsani ketkazib, uni esin. Uni shaytonga tashlamasin!” – dedilar. Shuningdek, laganni barmoqlar bilan sidirib yalashga amr qildilar. “Albatta, sizlar taomingizning qayerida baraka bo'lishini bilmaysiz”, – dedilar”(Imom Muslim rivoyatlari);
¯ Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam uyga kirdilar va to'satdan ko'zlari to'kilgan uvoqlarga tushdi. Ularni terib oldilar va tozalab edilar. So'ngra: “Alloh taolo bergan ne'matlarni qadrlagin! Zero u ne'matlar biron qavmdan olib qo'yilsa, boshqa qaytib berilmaydi!” – dedilar” (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
¯ Imom Hakim Termiziy “Navodirul usul”da rivoyat qilgan hadisi sharifda: “Ey, Oisha, Allohning ne'matlariga yaxshi munosabatda bo'lgin! Agar u ne'matlar biron qavmdan olib qo'yilsa, kamdan-kam hollarda qaytib keladi”, deb keltirilgan;
¯ “Albatta banda qilgan gunohlari sababli rizqdan mahrum bo'ladi”;
¯ “Farzandlaringizni odobli qilib tarbiyalang, ularni o'z hollariga tashlab, hoyu-havaslarga berilib ketishlariga yo'l qo'ymang”;
¯ “Taomdan oldin va keyin qo'llarni yuvish – faqirlikni daf qiladi va u – payg'ambarlarning sunnatlaridandir”(Imom Tabaroniy rivoyatlari);
¯ Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sahobalardan Sa'ad raziyallohu anhu tahorat qilayotganlarida: “Ey, Sa'ad, bu isrof nimasi?” – dedilar. Sa'ad raziyallohu anhu: “Tahoratda ham isrof qilish bormi?”– deb so'radi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Ha, agarchi oqib turgan daryoning bo'yida turgan bo'lsangiz ham!” – dedilar (Imom Ahmad va Imom Ibn Moja rivoyatlari);
¯ “Taomning barakasi – taomlanishdan oldin va keyin qo'lni yuvishdadir” (Imom Termiziy rivoyatlari);
¯ “Yenglar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar. Isrof va mutakabbirlikka yo'l qo'ymanglar!” (Imom Abu Dovud va Imom Nasoiy rivoyatlari);
¯ “Nafaqada o'rtacha bo'lgan kishi hech ham kambag'al bo'lmaydi” (Imom Tabaroniy va Imom Doraqutniy rivoyatlari);
¯ “Taom suzilgan laganning atrofidan englar, o'rtasidan emanglar! Zero o'rtasiga baraka yog'ilib turadi” (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
¯ “Nafsning ko'zi to'ymaydi. Bir paqir oltini bor kishi “oh, yana shunday bir paqir oltinim bo'lsaydi”, deydi”;
¯ “Nafsingiz xohlagan har narsani eyaverishingiz ham isrofdir” (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
¯ “Iqtisod qilgan kimsa faqirlik ko'rmas, isrof qilish bilan ko'p mol ham qolmas” (Imom Abu Shayx Asbahoniy rivoyatlari);
¯ “Nonni hurmat qilinglar, Alloh taolo uni osmon barakotidan nozil qildi, er barakotini uning uchun bo'ysundirib qo'ydi”(Imom Tabaroniy va Imom Bazzoz rivoyatlari);
¯ “Har kimki taomdan oldin qo'lini yuvsa, kambag'allikdan emin bo'lg'ay”;
¯ Anas ibn Molik raziyallohu anhudan qilingan rivoyatda aytilishicha, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir so'dan besh muddgacha bo'lgan suv bilan g'usl qilar va bir mudd suv bilan tahorat olar edilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Ya'ni, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam taxminan 0,688 litr suv bilan tahorat qilardilar;
¯ “Qaysi biringiz tongda uyqudan uyg'onganda oilasi tinch, tani sog' va uyida bir kunlik egulik bo'lsa, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne'matlar mujassam ekan”;
¯ “Alloh taolo bandaga kattami, kichikmi bir ne'mat bersa va banda uning shukronasi uchun “Hudoga shukr!” desa, shunda u o'sha ne'matlardan afzalroq narsaga erishgan bo'ladi”;
¯ “Nonni hurmat qilinglar! Chunki Alloh taolo uni osmon barakotidan nozil qildi, er barakotidan chiqardi”;
¯ Bir kuni Rasuli Akram sallallohu alayhi vasallamning huzurlaridan bir tilanchi o'tdi. Unga bir dona xurmo hadya qildilar. Tilanchining g'azabi kelib, qabul qilmadi... So'ngra boshqa bir tilanchi keldi... Unga ham bir dona xurmo hadya qildilar. U bir dona xurmoni Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan deb, muhabbatu shukrona bilan qabul qildi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir joriyaga Ummu Salama raziyallohu anho huzuridagi qirq tangani shu tilanchiga berishlikni buyurdilar;
¯ “Isrofga yo'l qo'ymay va takabburlik qilmagan holda eng, iching, kiyining va sadaqa qiling!” (Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyatlari);
¯ Alloh taolo: “Ey, Odam farzandi! Hamisha ovqatlanishga o'tirganingizda qorni och bechoralarni ham esingizda tuting! Shunda siz Allohning bergan ne'matlariga shukr qilishingiz osonroq bo'ladi” (muborak hadisi qudsiy);
¯ “Odamlarning eng yaxshisi – odamlarga ko'proq foyda keltiradiganidir”;
¯ “Birortangizning luqmasi erga tushib ketsa, uni olib, yopishgan zararli narsalarni ketkazib, esin. Uni shayton uchun tark qilmasin. Barmoqlarini yalamaguncha, qo'lini sochiqqa artmasin. Chunki u baraka taomning qayerida ekanini bilmaydi”(Imom Muslim rivoyatlari);
¯ “Nonni e'zozlanglar! Chunki Alloh taolo uni osmon barakotlaridan biri qilib tushirgandir”;
¯ “Kim yaxshiligini Alloh ziyoda qilishini istasa, taom tayyor bo'lganida va oxirida qo'lini yuvsin!”(Imom Ibn Moja va Imom Bayhaqiy rivoyatlari).
ULUG'LAR HIKMATLARI:
v Rivoyat qilishlaricha, Muso payg'ambar davrlarida ikki kishi qaysi ishga qo'l urmasinlar, ishlari orqaga ketar ekan. Oxiri na eyishga ovqatlari, na kiyishga kiyimlari qolmadi...
Kunlarning birida Muso alayhissalom Alloh taolo bilan roz aytish uchun Tur tog'iga chiqib ketayotganlarida, haligi kishilar u kishidan: “Bizlar qachongacha shunday yurar ekanmiz, Alloh bizlarga ham biror narsa berarmikin, yo'qmikin, so'rab bering...” – deyishibdi.
Muso alayhissalom Alloh taolo bilan gaplashib, ularning aytgan gaplari eslaridan chiqibdi.
Shunda Alloh taolo:“Ey, Muso, yo'ldagi ikki bandam sizga nima degan edi?” – deb so'rabdi.
Muso alayhis salom:“O'sha bandalar sendan biror narsa so'rashyapti...”– dedilar.
“Shu yurishlariga ham shukr qilishsin!” – dedi Alloh.
Bu gapdan ularning jahli chiqib: “Nimamizga shukr qilar ekanmiz? Yeyishga ovqatimiz, kiyishga kiyimimiz bo'lmasa?..” – deyishibdi.
Shundan so'ng bir-birlariga suyanib o'tirishganda, bir-biriga yopishib qolishibdi...
Borib aytsalar, Hudoi taolo:“Shu yurishlariga ham shukr qilishsin!” – debdi.
Qaytayotib boyagi kishilarga bu gapni aytganlarida, ular jahl bilan “E... Shukr-e...”, deyishgan ekan, bir-birlaridan ajralishibdi...
v Mazhabboshimiz Imom A'zam rahmatullohi alayh: “Yaxshilik va ehsonda isrof bo'lmaganidek, isrofda ham hech qanday yaxshilik yo'q!” – deganlar.
v Ota-onasidan chiroyli tarbiya ko'rgan insonlar non qo'ldan erga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta o'pib, peshonalariga suradilar. Non ushog'i dasturxonga tushganda, ulug' ustozlar barmoqni ho'llab, ushoq ustiga bosib olib, og'izga solishni o'rgatishgan.
v Ulug' mutafakkir, falakiyot olimi, odil ma'rifatparvar, sulton Mirzo Ulug'bek mulozimlari bilan ketayotganida, yo'l yoqasida yotgan bir burda nonni ko'rib qoladi-da, darrov otdan tushib, uni qo'yniga soladi. Mulozimlardan biri: “Hazratim, nega bizga buyurmay, otdan tushdingiz?” deb so'raganida: “Nonni birinchi bo'lib men ko'rdim, shunday ekan, uni erdan olishni boshqa birovga buyurish nonga nisbatan hurmatsizligim bo'lar edi. Nonning ulug'ligi oldida mening podshohligim nima bo'libdi?!” deb javob qaytargan ekan.
v “Navodirul usul” kitobida keltirilgan hadisi sharifda Janobi Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Nonni hurmat qilinglar! Chunki Alloh taolo uni osmon barakotidan nozil qildi, er barakotidan chiqardi”, – deb marhamat qilganlar. Hadisi sharifning sharhlarida: “Nonni bosmaslik, tashlamaslik uning ikromidan hisoblanadi. Agar uni uloqtirsa, nopok joylarga tashlasa, ne'matlarni inkor qilib, o'ziga jafo qilganlardan bo'ladi. Rizqning kengligi – din uchun katta quvvatdir. Agar ne'matga jafo qilsa, katta ne'matlar nafratga aylanadi. Ne'mat ketgandan so'ng qaytmaydi. Zero ular jafo bilan muhrlangandir”, – deyilgan.
v Asarlarda keltirilishicha, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning avlodlaridan bo'lgan Hasan ibn Ali tahorat olish maqsadida bir manzilga kirgan paytlarida nopok joyda yotgan non bo'lagiga ko'zlari tushdi. Darhol uni oldilar-da, tozalab yuvdilar. So'ngra yonidagi xizmatchilariga uzatib, “tahorat qilib bo'lganimdan so'ng berasiz”, – dedilar. Tahoratni tugatganlaridan keyin xizmatkorlaridan non bo'lagini so'radilar. U esa: “Men uni eb qo'ydim...” – dedi. “Unday bo'lsa, sizni ozod qildim”, – dedilar Hasan ibn Ali. Hizmatkor ajablanib, ozod qilinishi sababini so'radi. Javobiga Hasan ibn Ali: «Fotima onamiz rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim nopok erda yotgan bir bo'lak nonni olib, tozalab esa, non hazm bo'lib ulgurmasdan oldin gunohlari kechiriladi”, degan edilar”, deb aytgandilar. Shunday ekan, men gunohlari kechirilgan, jannat ahli bo'lgan kishini xizmat qildira olmayman...» – dedilar (Imom Abu Ya'lo rivoyatlari).
v “Kimki dasturxondan to'kilgan non ushog'ini terib esa, hayoti farovon bo'ladi va farzand, nabiralari hech ham tanglik ko'rmaydi”.
v Ulug' alloma, muhaddis va mufassirlar Imom Ibn Asokir va Imom Suyutiy rahmatullohi alayh rivoyat qilishlaricha, Hadiyya ibn Holid o'z boshidan kechirgan voqeani hikoya qiladi: «Bir kuni men Amirul mo''minin Ma'munning majlislaridan birida hozir bo'lgan edim. U joyda mehmonlarga dasturxon yozildi. Ziyofat tugaganidan so'ng dasturxon yig'ib olindi. Ayni shu paytdameningko'zimerdayotgan non ushoqlarigatushdivauniteraboshladim. ShundaMa'munmengaqarata: “To'ymadingizmi?”– debsavolqildi. Men: “To'ydim, lekindasturxondanto'kilgan non burdasiniko'rib, Rasulullohsallallohualayhivasallamdan rivoyatqilinganhadisisharifko'nglimdano'tdi. Hammod ibn SalamaAnas raziyallohuanhudanrivoyatqilinganhadisisharifdaRasululloh sallallohualayhivasallam: “Kim dasturxonostidagitushgannonlarniesa, faqirlikdanomondabo'ladi”, deganekanlar”, –dedim. Shundameninghadisi sharifga bo'lgane'tiborimyokiodob-axloqqaamalqilganimdanxursandbo'lib, Ma'munmengamingdinorsovg'aqildi».
v “Mo''min kishidan ortib qolgan taom – ikkinchi bir mo''min uchun aniq shifodir. Chunki undan ortib kolgan taomda xayr, baraka va dardlarga shifo va davo bordir”.
v Aytishlaricha, bir hukamo nonning bo'yidan rohat olib, uni qo'li bilan boshidan yuqoriga ko'tarar, atrofdagilar unga savol nazari bilan qarashganda: “Men dunyodagi eng lazzatli ne'mat bilan suhbat qurmoqdaman. Ne'matlarning sarasi, ozuqalarning to'yimligi, xonadonning barakoti bo'lgan nonning qadr-qimmati cheksizdir”, – der ekan.
v “Tejamkorlik bilan oz narsa ko'payadi, isrof esa ko'pni ham ozaytiradi”.
v “Ilm – har doim hokim, mol-dunyo – unga tobedir. Mol-dunyo bilimdonlik bilan sarflansa, insonga sharaf keltiradi”.
v “Agar oilaning moddiy jamg'armasi yaxshi bo'lsa, uni kibru havoga berilmasdan, isrof qilmasdan sarflash ayolga ham bog'liq”.
v “Erkak mehnati evaziga kelgan mablag'ni oilaga oqilona sarf qilish – uy bekalari zimmasidagi ishdir”.
v O'tgan zamonda bir kishi ming mashaqqat bilan tog'dan terib kelgan o'tinini xotini qo'ni-qo'shnilarga tarqatib yuborarkan. Biri ikki bo'lmagan erning toqati toq bo'libdi. Bir safar o'tin terishga xotinini ham olib boribdi, bir amallab ikki bog'lam o'tin to'plashibdi. Ko'tarib, qishloqqa kelishibdi. Ayol mashaqqatdan qora terga botibdi. Rosa charchabdi. O'tin terib kelish qanchalar mashaqqat ekanini shundagina anglabdi. Ertasi kuni qo'shnilar yana o'tin so'rab kelishganda, ayol: “Ey, qo'shnilar, o'zim olib kelgan o'tindan bitta ham bermayman. Erim terganiga esa qo'l ham tekkizmayman! Agar o'tin kerak bo'lsa, o'zlaring terib kelinglar!” – debdi.
v “Halq maqolida «Beli og'rimaganning non eyishini ko'r», deb bejiz aytilmagan. Kishi mehnat bilan topgan mol-dunyosi barakali bo'lishini istaydi, shuning uchun uni hisob-kitob bilan o'rni-o'rniga ishlatishga harakat qiladi. Shu ma'noda yaxshi uy bekasi sabzavot-mevalarning aynib, chirishiga yo'l qo'ymaydi, oziq-ovqatlar iste'molga yaroqsiz bo'lib qolishining oldini oladi, taomlarni mazali tayyorlaydi, qotgan nonlarni tashlab yubormasdan, iste'mol qilish yo'llarini topadi”.
v Oqila, zukko, dono, uzoqni ko'zlagan onalar o'z qizlariga: «Qanoatli bo'l! Chunki qanoat qalbga huzur-halovat bag'ishlaydi. Uyingdagi mol-mulk va jihozlarni ehtiyot qil!» – deydilar. Onai mehribon bu bilan qiziga ochko'zlik, manmanlik, kibru havo, hoy-havasga berilmaslikni, qanoatni o'rgatadi. Sabr insonning kerakli narsalardan etarli miqdoriga rozi bo'lishini, ochko'zlik qilmasligini anglatadi. Qanoat barchaga tegishli go'zal ahloq ekani hamma zamonda e'tirof etilgan.
v Bu xususda Hasan Basriy rahmatullohi alayh: «Go'zal tadbir va go'zal idora – yarim foydadir. O'z o'rniga ishlatilgan ozgina pul – isrof qilib ishlatilgan ko'p pulga qaraganda foydalidir», – deganlar.
v «Pulni tadbir bilan, isrof qilmay xarjlash – aqllilikning boshidir» (Aflotun).
v «Hayotda kishining halokatga borayotgani qaysi narsalarda ko'rinadi?» – deb hukamo Jolinusdan so'rashibdi. U kishi: «Johil bo'lib, o'ziga nima foyda-yu, nima zarar ekanini ajratmay qolganida», – deb javob qilibdi.
v Hikoya qilinishicha, yaxshi turmushni orzu qilgan yigit uylanibdi. Yigit uyiga og'zi bog'langan qog'oz xaltada narsalar olib kelibdi. Hotini qog'oz xaltani avaylab ochib, bo'shatibdi. Qog'ozni taxlab, tokchaga olib qo'yibdi. Ipini ham tashlab yubormabdi. Buni ko'rgan yigit so'rabdi:
– Honim! Shu bir qarich ip bilan qog'oz xaltani asrab qo'yishning nima keragi bor?
–Ro'zg'orda har xil holat bo'ladi, shu ip biror hojatimizga yarar, qog'oz ham kerak bo'lishi mumkin... Axir kerakli toshning og'iri yo'q-ku, – deb javob qilibdi xotini.
Erining dilidan: “Izlaganim xuddi shu!” degan o'y o'tibdi. Shunday qilib, er-xotin baxtli-taxtli hayot kechirishibdi...
ULAMOI KIROMLAR AYTADILARki...:
Þ Qur'oni karimda “isrof” va unga bog'liq so'zlar 23 marta zikr qilinib, isrof illati oqibatlari haqida so'z yuritiladi. Demak, har bir mo'min-musulmon bu illatdan Qur'oni karimda bayon etilgani kabi qaytishi lozim.
Þ Odatda inson muhtoj va xor bo'lmay, hech narsaga zoriqmay, oilaviy qiyinchilikka duch kelmay umr kechirishga intiladi.
Aql-idrokli kishi barcha ishda o'rtahollik, mo''tadillik va me'yorni ma'qullaydi.
Haddan oshish, isrof va riyo kabi illatlardan uzoq bo'lishga harakat qiladi.
Þ Moliyaviy mablag'lar isrofidan tashqari har bir sohada ham isroflar bo'ladi.
Þ “Isrof” so'zi asli arabcha bo'lib, lug'atda “hisobsiz tarzda ishlatish”, “me'yordan oshib ketish”, “haddidan oshish”, “chegaradan chiqish” kabi ma'nolarni bildiradi.
Istilohda esa moddiy va ma'naviy ma'noda ishlatilsa-da, ko'proq moddiy sarf xarajatlarda o'z ifodasini topadi.
Har qanday ishda chegaradan chiqish – isrofdir.
Inson qiladigan har bir amal va har bir so'zida haddan oshish – isrofdir.
Þ Isrofga yo'l qo'ygan odam Alloh belgilab bergan chegaradan chiqib, U Zotning ne'matlarini o'rniga sarflamagan yoki hojatdan tashqari ishlatgan bo'ladi. Tilimizda ushbu so'z “nest-nobud qilish”, “uvol qilish”, “ne'matni qadrlamaslik” kabi ma'nolarni anglatadi.
Þ Har bir narsa zaruratdan tashqari yoki noto'g'ri maqsadga ishlatilsa, buning natijasi parokandalikka olib borishi – isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham Qur'oni karim oyatlarida alohida e'tibor qaratilib, Alloh taolo bergan ne'matlarni isrof qilmaslik lozimligi to'g'risida ko'p aytib o'tilgan.
Þ Isrof – pul, mol va Alloh tomonidan bizga berilgan ne'matlarni nojo'ya sarflashdir.
Þ Ulamolarningaytishlaricha, ISROF:
· faqirlikkaetaklaydi,
· jannatdanuzoqlashtirib,
· do'zaxgayaqinlashtiradi,
· Alloh taoloning g'azabiga sabab bo'ladi.
Þ Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Nonni e'zozlanglar!” deb marhamat qilganlar. Bu hadisi sharifga binoan, Imom Shofeiy ulamolari nonni qadrlab o'pish, izzat-ikromini ijro etishni joizamallardan sanashgan.
Þ Yoshlari kattalar darrov o'tgan kunlarni eslashadi va isrofli to'y to'g'risida “to'qlikka sho'xlik” degan xalq maqolini beixtiyor tilga olishadi.
Þ Ulamolar yangi kelgan har bir mehmon uchun non ne'matining “issiq non” bahonasida ushatilishini ham isrofdan deb baholaydilar.
Þ To'ylarda xursandchilik sifatida pul sochish, ularning oyoq ostilarida qolishi – noo'rindir. Zero pul birligi davlat ramzi bo'lishi bilan birga, milliy qadriyat hamdir.
Þ Islom dinida mol-dunyo (tilla, kumush, pul birliklari)ni oyoqosti qilishlik, chiqindi joylarga tashlashlik, pulga tuflashlik, aqli noqislarga berishlik kabi nojo'ya amallardan qaytarilgan.
Þ Adab manbalarida nonni ehtirom qilgan kishi faqirlikdan uzoq bo'lishi hamda nonning ushoqlarini ham isrof qilmaslikning xosiyatlari to'g'risida rivoyat va hikoyatlar etarlicha bayon qilingan.
Þ “Fayzul Qadir” kitobida hukamolar “Non o'piladi, bosilmaydi!” degan masalani ta'kidlab keltirganlar.
Þ Ko'plab fiqhiy kitoblarimizda nonga oyoq bosish, uni asbob sifatida ishlatish, xamir va nondan har xil shakllarni yasash, non ustida o'tirish, uni nopok joylarga tashlash, xususan, chiqindi hisobida uloqtirish mumkin emasligi to'g'risida aniq va batafsil ta'kidlanadi.
Þ Darhaqiqat, har bir zamon dahosi, donosi, olimi, fozili, hoziqu hakimi yoki faqiru fuqarosi, kim bo'lishidan qat'i nazar, nonni e'zoz etishga undaydi va bunga avvalo o'zi amal qilishga intiladi. Hech bir zamon ahli qiyinchilik, qimmatchilik, qahatchilik, qurg'oqchilik kabi inson uchun og'ir va zararli bo'lgan kun kelishini xohlamaydi. Balki kundalik hayotida doimo rizq-nasibasi keng, umri uzoq, hayoti farovon bo'lishini istab Yaratganga iltijo qiladi.
Þ Isrof illati oilada paydo bo'ladi, buning oldini olish ham oiladan boshlanadi. Demak, oilaning rahbarlari – ota-onalar bu vazifada mas'ul sanaladi. Ular, avvalo, halol ishlab rizq topishda va uni o'z o'rniga, isrof qilmasdan ishlatishda bolalariga ibrat bo'lishlari zarur.
Þ Qanoatning ikkinchi sharti – ne'matlarni rejali xarjlash. Hayotda tadbirli kimsalar birovlarga xushomad qilmaydi, yolg'on gapirmaydi, hirs va tama balosiga duchor bo'lmaydi.
Þ Hukamolardan biri: «Pulingga achin, uni isrof qilma! Zero, ko'z – qorachiq bilan, inson – hayoti mablag' bilan quvvatli bo'ladi», – deb tejamli bo'lishga go'zal shaklda undagan ekan. Ammo tejamkor bo'laman deb, keragicha eb-ichishdan qisilib, mablag' to'plash yo'liga kirib ketish ham to'g'ri emas. Bunday qilish tejamkorlik emas, balki xasislik deyiladi. Hasislik esa – yomon xulqdir.
Þ Oilaning ma'naviy muhitida o'zaro ittifoqlik, mehr-oqibat, bir-biriga ishonch katta baxt hisoblanadi. Bu muhit barqaror bo'lishida oilaviy mol-mulk, jihozlarga to'g'ri munosabatning ahamiyati katta.
Ayrim oilalarda ota topib kelgan mol-mulk va jihozlar isrof qilinadi. Bu achinarli holjamlangan mablag'ni otadan so'ramay sarf qilishda, ro'zg'or uchun xarid qilib kelingan oziq-ovqatni yoki uning xom ashyosini o'zboshimchalik bilan kimlargadir berib yuborishda, tayyorlangan taomlarning eyilmasdan qolib ketishida, kelin va qizlarning oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlamasligida, obi-taomlarni uvol qilishda, uydagi bor noz-ne'matlarni isrof qilishda ko'rinadi.
Yana achinarlisi – isrofchi oilaning farzandlari mo''tadil oilalarga kelin bo'lib borganda, oddiy holga ko'nika olmaydilar. Epli-uquvli, yaxshi uy bekasi bo'lish o'rniga, mol-dunyoni o'rinsiz sovuradilar, isrof qiladilar. Oqibatda bir-birini tushunmaslik, bir-biridan ko'ngil qolishlik, turli noroziliklar kelib chiqadi.
Har tomonlama barkamol ayol bekalik qilgan uyni esa jannatga o'xshatish mumkin. U oilaning erkagi ham bu dunyo saodatiga erishadi. Bu esa – har bir erkakning eng katta orzusi, hayotining baxt-saodatidir!
Agar beka isrof qiladigan, ehtiyojdan ortiqcha sarflaydigan, erini ham ming xil xarajatlarga undaydigan ayol bo'lsa, bunday oilaning to'rt-besh tanga orttirishi qiyin bo'ladi.
Þ Ma'naviy ozuqa inson aqli va ruhiyatini yuksaltirishda qanchalik muhim bo'lsa, moddiy ehtiyojlarning me'yor va chegarasidan oshmaslik ham shunchalik ahamiyatlidir.
DONO HALQIMIZ MAQOLLARI:
è «Nimani xor qilsang, shungazorbo'lasan!»
è «Tejambilanishlatsang – uy-ro'zg'oring but.
Isrofbilanishlatsang – yomonkunni kut!»
è «Boylikushoqdanyig'ilar».
è «Yaxshigaqilsangyaxshilik,
Hamaytadi, hamqaytadi.
Yomongaqilsangyaxshilik,
Na aytadi, na qaytadi».
è «Bugun edim – etdim.
Erta edim – o'tdim.
Hammahayitgachiqqanda,
Humgakiribyotdim».
è «Don ayagan donga etar,
Non ayagan – nonga».
è «Non ham – non, ushog'i ham – non».
è «Non bolasi – nonushoq».
è «Yaxshio'g'ilotamolinibiylar,
Yomono'g'ilotamolinisochar».
è «Beli og'rimaganning non eyishini ko'r».
è «Donniyiqqan – donodir».
è «Yeyishing – kepak,
Kiyishing – ipak».
è «To'qlikdaochliknio'yla,
Boyiganda – muhtojlikni!»
è «Yig'sang – etasan,
Sovursang – ketasan».
è «Kam-kamesang – doim ersan.
Ko'p-ko'pesang – neniersan?»
è «Olaversang – engilbo'lar,
Solaversang – og'ir».
è «Tejamkorlik – yarim rizq».
INSONNING KAMBAG'AL BO'LIShIGA SABAB BO'LUVChI OMILLAR:
1) Qur'onikarimnibetahoratushlashlik.
2) Ota-onaninghaqlariga duo qilmaslik.
3) Ota-onani behurmat qilishlik.
4) Ota-onaning xizmatlarini qilmaslik.
5) Ota-onaning duolarini olmaslik.
6) Ota-onaga oq bo'lishlik.
7) Ota-onaning nomini aytib chaqirish.
8) Ota-onani bepisand qilishlik.
9) Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ni hurmatlarini joyiga qo'ymaslik.
10) Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilishlik.
11) Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) oldidan kesib o'tishlik.
12) Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ning oldiga tushib yurishlik.
13) Aka-uka, opa-singillar bilan bemehr bo'lishlik.
14) Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo'lmaslik.
15) Qo'ni-qo'shnilar bilan chiroyli muomala qilmaslik.
16) O'tganlarning haqlariga duo qilmaslik.
17) Ustozning duolarini olmaslik.
18) Olim-ulamolarni xo'rlashlik.
19) Tong vaqtidauxlashlik.
20) Bebismillohtaomeyishlik.
21) Mehmongahaqorat ila qarashlik.
22) Non ushoqlarini oyoq ostiga tashlashlik.
23) Turar joy (yashaydigan uy, ishxona) larni ozoda tutmaslik.
24) Kiyim kechak (libos, bosh kiyim, oyoq kiyim) larni pokiza tutmaslik.
25) Faqirnikamsitishlik.
26) O'zgalarni mensimaslik.
27) Uyni supurmay qo'yishlik.
28) Bemor, nochor, qiynalgan insonlarning ustidan kulishlik.
29) Dinimiz shiorlari (Qur'oni karim, hadisi-shariflar, Qibla, masjid, ulamolar, joynamoz, tasbeh, Ramazon oyi, fazilatlari bisyor ulug' ayom kunlari, azon, namoz, tahorat, Haj, Umra va boshqalar)ga nisbatan haqoratomuz munosabat qilishlik.
30) Idish tovoqnitozatutmaslik.
31) Qo'lni yuvmasdan taom eyishlik.
32) Tik turibtaomeyishlik.
33) Hudo bergan ne'matlarni uvol-isrof qilishlik.
34) Har qanday qabriston va qabristondagilarga nisbatan behurmatsizlik qilishlik.
35) Namozniqazoqilishlik.
36) Ostonadao'tirishlikniodatqilishlik.
37) Bomdodnamozidankeyin kun chiqmasdanuxlashlik.
38) Yalangboshhojatxonagakirishlik.
39) Hojatxonadagaplashishlik.
40) Noshukrlik.
41) Masjiddadunyoviygaplarnigaplashishlik.
42) Shomdankeyinuxlashlik.
43) Hovuzyokig'uslxonagapeshobqilishlik.
44) Besabrlik.
45) Idish-tovoqni yuvmay qoldirish.
46) Boshqalarni ayblashlik.
47) To'mtoqqalambilanyozishlik.
48) Siniqtaroqbilansochtarashlik.
49) Hayosizlikdan uzoq bo'lmaslik.
50) Yuzni etak bilan artish.
51) Nomahramayollargashahvatnazari ila qarashlik.
52) Ahliayolibilanjanjallashishlik.
53) Yolg'ongapirishlik.
54) Hayvon, parranda, hasharot va nabotot olamiga zulm qilishlik.
55) Dangasalik.
56) Gunoh amallar.
57) Zinoga aralashishlik.
58) Hayosiz so'zlarni iste'mol qilishlik.
59) Tish bilan tirnoq olishlik.
60) Loqaydlik.
61) Tilanchilik.
62) Ribo (sudxo'rlik).
INSONNING IShI YuRIShMASLIGI HAMDA BARAKASI BO'LMASLIGIDA HAM ENG KATTA SABABLARI HAM AYNAN ShULAR.
Ibrohimjon domla Inomov
Rabbining elchisi ekanini tasdiqlash uchun har payg‘ambarga ham xos kitob nozil bo‘lishi shart emas
Olimlar payg‘ambarni bunday ta’riflagan: «Payg‘ambar – shariat vahiy qilingan inson». Demak, payg‘ambarlik Alloh taoloning O‘zi bandalari orasidan tanlab olgan zotga vahiy nozil qilishi orqali yuzaga chiqadi. Alohida kitob tushishi payg‘ambarlik shartlariga kirmaydi. Bunga quyidagi dalillar dalolat bo‘ladi.
1. Payg‘ambarlik xabari vahiy orqali yetkaziladi. Alloh taolo biror bandasini payg‘ambarlik yo elchilikka tanlar ekan, unga saylanganini bildirib qo‘yadi. Bu bildirish nubuvvat va risolatning asosi bo‘lgan vahiyning bir turidir. Undan keyin Alloh taolo o‘sha payg‘ambarga kitob nozil qilishi ham, qilmasligi ham mumkin.
Nubuvvat xabari ba’zan kitob tushishi bilan boshlanadi. Masalan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy bo‘lib Alaq surasining «Yaratgan Zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan o‘qing!» oyati nozil qilingan. Biroq payg‘ambarlik ko‘pincha kitob tushishidan boshqa yo‘llar bilan boshlangan va aksar payg‘ambarlarda shunday bo‘lgan.
2. Nubuvvatning tasdig‘i payg‘ambarning so‘zlari va u keltiradigan mo‘jizalarga bog‘liq. Alloh taolo tanlagan bandasiga payg‘ambarlik berganidan keyin odamlar orasida bu nubuvvat va risolatning haqiqiyligi faqat ikki hodisa bilan sobit bo‘ladi:
Birinchisi: Payg‘ambar o‘z ummatiga: «Alloh taolo meni sizlarga payg‘ambar va elchi qilib yubordi», deb e’lon qiladi.
Ikkinchisi: Alloh taolo ushbu da’voni tasdiqlash uchun o‘sha zot orqali mo‘jiza ko‘rsatadi.
Payg‘ambarning «Men Allohning elchisiman, Alloh meni sizlarga nabiy qilib yubordi» degan so‘zlari tilovat qilinmaydigan vahiy (ya’ni, muqaddas kitobning bir qismi) bo‘lib, payg‘ambarlikning, elchilikning, shariat va dinga oid barcha hukmlarning haqligini e’tirof etish mana shu so‘zning tasdig‘iga tayanadi.
3. Kitobning ilohiyligi g‘ayri matluv (tilovat qilinmaydigan) vahiy bilan tasdiqlanadi: Alloh taolo biror elchisiga kitob nozil qilganida, u payg‘ambarga tushishi hamono «Allohning huzuridan tushgan kitob» bo‘lib qolmaydi, ya’ni odamlar buni birdan bila qolmaydi. Bu kalom Alloh taoloning huzuridan tushganini sobit qilish elchining «Bu kitob Alloh taoloning huzuridan nozil qilingandir» degan so‘zlari orqali amalga oshadi.
Demak, rasullarning bu guvohligi Alloh taolo ularga bildirgan tilovat qilinmaydigan vahiydir. Kitob ko‘rinishidagi tilovat qilinadigan vahiyning haqligi mana shu tilovat qilinmaydigan vahiy ustiga bino bo‘ladi.
4. Agar payg‘ambarlik faqat kitob tushishi bilan amalga oshadi, deb hisoblansa, unda o‘ziga kitob nozil qilinmagan barcha haq payg‘ambarlarning nubuvvati botil bo‘lib qolgan bo‘lardi. Shuningdek, bunday payg‘ambar minglab mo‘jizalar ko‘rsatib, rostgo‘yligiga minglab dalillar keltirsa ham, hech kim unga imon keltirishga majbur bo‘lmas va bu gunoh sanalmas edi.
Vaholanki, Alloh taolo alohida kitob tushirmasdan minglab payg‘ambarlar yuborgani barchaga ma’lum va ijmo’ qilingan (barcha ulamolar bir ovozdan tasdiqlagan, haq deb ittifoq qilgan) haqiqatdir. Alloh u zotlarga yo tilovat qilinmaydigan vahiy orqali bildirilgan hukmlarga amal qilishni, yo o‘zidan oldingi payg‘ambarlarning kitobiga muvofiq ish tutishni buyurgan. Masalan, Muso alayhissalomdan keyin Bani Isroilga yuborilgan payg‘ambarlar Tavrotga amal qilinishiga mas’ul edi. Alloh taolo Iso alayhissalom haqida bunday deydi: «Iso ibn Maryam: «Ey Bani Isroil, albatta, men o‘zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlovchi va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini beruvchi, Alloh sizlarga yuborgan Payg‘ambarman», deganini eslang. (Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, “bu ochiq-oydin sehrdir” dedilar» [Sof surasi, 6-oyat].
Iso alayhissalomga ham Bani Isroilning boshqa payg‘ambarlari kabi Tavrot hukmlariga amal qilish buyurilgan edi. Payg‘ambarlarga kitob tushmagan bo‘lsa-da, ularni yolg‘onchiga chiqargan qavmlarni Alloh taolo turli azoblarga mubtalo qildi va bu jazolarning bir qismini Qur’oni karimda bayon etib ham o‘tdi.
5. Kitoblar va sahifalar faqatgina ba’zi payg‘ambarlar va nabiylarga nozil qilingani, ularning aksariyatiga esa hech qanday kitob ham, sahifa ham tushmagani ijmo’ qilingan haqiqatdir. Ularga faqat vahiyning o‘zi – kitobsiz, sahifasiz – nozil qilingan. Shu bilan payg‘ambarligi mukammal, nubuvvati sobit bo‘lgach, ular yuborilgan qavmlar uchun hujjat-dalil tayyor holatga kelgan va endi odamlar imon keltirish va ergashishga majbur bo‘lgan.
6. Mana Bu qissa Shuaro, Naml, Qasas, Toha va Noziot suralarida bayon qilingan bo‘lib, voqealar Muso alayhissalomga Tavrot nozil qilinishidan oldin yuz bergan. Alloh taolo ushbu qissada Musoning bir qibtiyni (qibtiylar – qadimgi Mirs xalqi) o‘ldirib qo‘ygani sababli Fir’avn va uning qavmidan qochib, Misrdan chiqib ketganini, Madyan tomon yo‘l olganini va u yerdagi solih kishining qiziga uylanganini zikr qiladi. Keyin u ahli ayoli bilan Misrga qaytayotganda Tur tog‘i tomonida bir olovni ko‘rib qoladi. Alloh taolo aytadi: «Bas, u(olov)ga kelganida, nido qilindi: «Ey Muso! Albatta, Men O‘zim sening Rabbingdirman. Kavushlaringni yech. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidasan. Men seni ixtiyor qilib oldim. Vahiy qilinadigan narsaga quloq os. Albatta, Men, O‘zim, Allohdirman. Mendan o‘zga iloh yo‘q. Bas, Menga ibodat qil va meni zikr etish uchun namozni to‘kis ado et» [Toha surasi, 11-14-oyatlar].
Alloh azza va jalla unga payg‘ambar ekanini xabar qildi va unga vahiy qilinayotgan narsaga quloq tutishni, ibodat qilish va namozni ado etishni buyurdi. So‘ng Haq taolo ikki mo‘jiza bo‘lishi uchun unga qo‘lidagi asoni tashlashni, keyin esa qo‘lini qo‘yniga qo‘yishni buyurdi. Shundan keyin buyuk Zot unga Fir’avn huzuriga borishni amr etdi: «Biz senga buyuk mo‘jizalarimizni ko‘rsatish uchun (shunday qildik). Fir’avnga bor, albatta u tug‘yonga ketdi», dedi». [Toha surasi, 23-24-oyatlar].
So‘ngra Alloh taolo Muso alayhissalom bilan Fir’avn o‘rtasida nimalar bo‘lganini zikr qiladi.
Demak, Fir’avnga Muso alayhissalomning da’vati yetib borishi va bu da’vatga ulkan mo‘jizalar hamroh bo‘lishi bilan hukmdor uchun hujjat qoyim bo‘lgan edi. Vaholanki, u paytda Muso alayhissalomga hali Tavrot nozil qilinmagandi. Chunki, Tavrot u zot Bani Isroil bilan birga Misrdan chiqib ketgani va Fir’avn g‘arq qilinganidan keyin nozil bo‘lgan. Bu Qasas surasidagi oyatlarda bayon etilgan.
Shunday qilib, hujjat vahiy nozil bo‘lganidan keyin da’vatning yetib borishi va unga mo‘jizalar hamrohlik qilishi bilan qoyim bo‘ladi. Faqat kitob bilangina qoyim bo‘lganida edi, Fir’avn uchun hujjat kuchga kirmagan va Alloh taolo tomonidan unga va qavmiga dalilsiz azob berilgan bo‘lar edi. bu esa, Al-Adl bo‘lgan Allohning sifatiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
Yuqorida zikr qilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, vahiylarning hammasi ham tilovat qilinadigan emas, balki ba’zida kitobsiz va sahifasiz ham bo‘lishi mumkin. Payg‘ambarlikning yuzaga chiqishi va sobit bo‘lishida asosiy mezon – vahiyning nozil bo‘lishi. Kitob esa Alloh taolo elchilari orasidan saralab olgan zotlarga xoslab berilgan vahiydir.
7. Payg‘ambarlik kitob tushishi bilan emas, balki vahiy nozil bo‘lishi bilan amalga oshishiga va vahiylarning hammasi ham tilovat qilinadigan emasligiga dalolat bo‘ladigan jihatlardan yana biri – Alloh taoloning biror kitobi borligi ma’lum bo‘lmagan va Alloh taolo kitob ato etmagan payg‘ambarlari bilan so‘zlashganidir. Biz bu so‘zlashuvlarni Haq taolo so‘nggi Kitobida zikr qilgani tufayli bilganmiz. Quyida Qur’oni Karimda Alloh taoloning kitob nozil qilinmagan payg‘ambarlari bilan so‘zlashgani haqida hikoya qilingan voqealardan namunalar keltiramiz.
1. Odam alayhissalom bilan. Alloh taolo aytadi: “Va: “Ey Odam, sen o‘z jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, yenglar, osh bo‘lsin, faqat mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo‘lasizlar”, dedik” [Baqara surasi, 35-oyat].
Haq taolo dedi: “Rabbi ularga nido qilib: «Sizlarni ana o‘sha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» dedi» [A’rof surasi, 22-oyat].
Bu voqealar ular Yerga tushirilishidan oldin, jannatda bo‘lganida yuz bergan.
Ular Yerga tushirilganidan keyin Alloh taolo bunday degan: “Odam o‘z Rabbidan so‘zlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahmli Zotdir” [Baqara surasi, 37-oyat].
Bu ham Odam alayhissalomga biror kitob nozil qilinmasdan oldin bo‘lgan ishlar sirasidandir.
2. Nuh alayhissalom bilan. Haq taolo Nuh alayhissalom bilan uning qavmi o‘rtasida kechgan voqealarni zikr qilganidan keyin bunday deydi: “Va Nuhga: «Qavming orasidan avval imon keltirganlardan boshqa hech kim imon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg‘uga tushmagin. Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar to‘g‘risida Menga gap ochmagin, albatta, ular g‘arq bo‘lguvchilardir», deb vahiy qilindi. U kema yasamoqda. O‘z qavmidan bo‘lgan zodagonlar qachon oldidan o‘tsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek sizlarni masxara qilamiz. Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi. Toki Bizning amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «U (kema)ga har narsadan bir juftdan va ahlingdan avval so‘z ketmaganini va imon keltirganlarni ol», dedik. U bilan birga imon keltirganlar juda oz edi. U: «Kemaga mininglar, uning yurishi ham, turishi ham Allohning ismi ila bo‘lur. Albatta, Rabbim mag‘firatli va rahmlidir», dedi. U (kema) ularni tog‘lardek to‘lqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan o‘g‘liga: «Ey o‘g‘lim, biz bilan birga (kemaga) mingin, kofirlar bilan birga bo‘lmagin», dedi. U (o‘g‘il): «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi. U esa: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yo‘qdir. Kimga rahm qilsagina (saqlar)», dedi. Shunda ular orasini to‘lqin to‘sdi va u (o‘g‘il) g‘arq bo‘lganlardan bo‘ldi. «Ey Yer, suvingni yutgin, ey osmon, o‘zingni tutgin», deyildi. Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy (tog‘i)ga joylashdi. «Zolim qavmlar yo‘qolsin!» deyildi. Nuh Rabbiga nido qilib: «Rabbim, albatta, o‘g‘lim ahlimdandir, albatta, va’dang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan», dedi. U Zot: «Ey Nuh, albatta u (o‘g‘il) ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. O‘zing bilmagan narsani zinhor so‘ramagin. Men senga johillardan bo‘lmasligingni nasihat qilaman», dedi. U: «Rabbim, men o‘zim bilmagan narsani Sendan so‘ramoqdan panoh tilayman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm ko‘rsatmasang, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘laman», dedi. «Ey Nuh, Bizdan senga va sen bilan birga bo‘lgan ummatlarga tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar bo‘lur, ularni biroz huzurlantirurmiz, so‘ngra ularni bizdan bo‘ladigan alamli azob tutar», deyildi” [Hud surasi, 36-48-oyatlar].
So‘ng Alloh taolo Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga dedi: “Ana shu g‘ayb xabarlarini sizga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni siz ham bilmas edingiz va qavmingiz ham. Bas, sabr qiling, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir” [Hud surasi, 49-oyat].
Xo‘sh, Alloh taoloning Nuh alahissalomga bu vahiysi va unga qaratilgan xitobi biror kitobda kelganmidi?! Yoki bu Alloh taolo unga to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘zlagan xitob bo‘lib, u yerda o‘qiladigan hech qanday kitob bo‘lmaganmidi?!
Ushbu oyatlarning uslubi va undagi nidoning yo‘sini Alloh taoloning Nuh alayhissalomga to‘g‘ridan to‘g‘ri xitob qilganini, o‘qiydigan biror kitobni nozil etish orqali amr etmaganini ko‘rsatadi.
3. Yusuf alayhissalom bilan. U quduq tubida yotganda Alloh taolo vahiy qilib, hali akalariga ularning qilmishlari haqida xabar berajagini aytdi: “Bas, uni olib ketishgach va uni quduqning qa’riga tashlashga kelishib olishgach (uni amalga oshirdilar), (Biz) unga: «Bu ishlari to‘g‘risida ularga (kezi kelganda), albatta, xabar berursan, vaholanki, ular (Yusuf ekaningni) sezmaydilar», deb vahiy qildik.” [Yusuf surasi, 15-oyat]. Keyinchalik u Misr azizi (Bosh vaziri) bo‘lganidan keyin ularga bu haqda xabar berdi.
Xo‘sh, u quduqda bo‘lganida kelgan bu vahiy haqiqiy vahiy bo‘la turib, tilovat qilinadigan vahiymidi (muqaddas kitobning bir qismi edimi)? Yo‘q, u g‘ayri matluv vahiy edi.
Alloh taolo payg‘ambarlariga xitobni tilovat qilinadigan vahiy ko‘rinishida (kitob holida) tushirmagani borasidagi oyatlar bular bilan cheklanmaydi. Qur’oni karimda bunday oyatlar juda ko‘p bo‘lib, eslatib o‘tish maqsadida ozginasini keltirish bilan kifoyalandik, xolos.
Demak, payg‘ambarlikning asosi alohida bir kitob nozil bo‘lishiga emas, balki bevosita Alloh taoloning tanlangan bandasiga vahiy yuborishiga bog‘liqdir. Qur’oniy qissalar va tarixiy dalillar ko‘rsatganidek, vahiylar faqatgina kitob shaklidagi (tilovat qilinadigan) matnlardan iborat bo‘lmay, ko‘p hollarda payg‘ambarlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri bildirilgan (tilovat qilinmaydigan) ilohiy xitoblar ko‘rinishida kelgan. Shu sababli insoniyatga haqiqatni yetkazish va ularga qarshi ilohiy hujjatni qoyim qilish uchun faqatgina vahiyning o‘zi yetarli bo‘lgan, kitob esa Alloh taolo O‘zi xohlagan elchilarigagina ato etgan maxsus vahiydir.
Nurmuhammad Matkarimov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot
markazi ilmiy xodimi
Mazkur maqolaga
.Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2026 yil 7 iyuldagi 02/2 -sonli xulosasi olingan