Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Sentabr, 2026   |   17 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:58
Quyosh
06:16
Peshin
12:14
Asr
16:24
Shom
18:15
Xufton
19:29
Bismillah
28 Sentabr, 2026, 17 Rabi`us soni, 1448

22.05.2024   1016   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Arab OAV: O‘zbekiston xorijlik mehmonlarni boy islomiy merosi va zamonaviy xizmatlari bilan o‘ziga jalb etmoqda

28.09.2026   1243   1 min.
Arab OAV: O‘zbekiston xorijlik mehmonlarni boy islomiy merosi va zamonaviy xizmatlari bilan o‘ziga jalb etmoqda

Saudiya Arabistonining “Alhatun” jurnali hamda Iordaniyaning “Seyahafm” radiostansiyasi saytida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va turizm sohasining jadal rivojlanishiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Alhatun” nashrida yozilishicha, O‘zbekiston turizm yo‘nalishida Markaziy Osiyoning durdonasi, deya ta’riflangan. Mamlakatning asosiy sayyohlik durdonalari — Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Jurnalda O‘zbekiston jozibadorligi Buyuk Ipak yo‘lining noyob me’moriy va islomiy merosi, qadimiylik va zamonaviylikning uyg‘unligi, an’anaviy mehmondo‘stlik hamda gastronomiya yo‘nalishlarida alohida ajratib ko‘rsatilgan.

“Seyahafm”da ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston tobora ko‘proq sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Jumladan, 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida xalqaro sayyohlar oqimi 21,1 foizga oshgan.

Nashrda qayd etilishicha, viza rejimining soddalashtirilishi, temir yo‘l tarmog‘i va mehmonxona bazasining kengayishi nafaqat mamlakat bo‘ylab sayohatlarni osonlashtirdi, balki xorijiy mehmonlarni O‘zbekistonda uzoqroq qolish va yangi hududlarni kashf etishga undamoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari