Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2026   |   21 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:43
Bismillah
06 Iyul, 2026, 21 Muharram, 1448

Mashhur murabbiy Islomni qabul qildi

22.05.2024   1205   2 min.
Mashhur murabbiy Islomni qabul qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoklipda Patris Baumelning shahodat kalimasini aytib, islomni qabul qilgani ko'rsatilgan, deya xabar beradi “Siasat” portali.

Jazoir shahrida joylashgan “Mouloudia Club d’Alger” futbol klubining mashhur murabbiyi, frantsiyalik Patris Baumel Islom dinini qabul qilib, ismini Amir deb o'zgartirdi.

Mazkur videoda bir kishi Jazoir poytaxtining al-Harrah tumanidagi Jinan Mabruk masjidida imom yordamida shahodat, ya'ni iymon kalimasini aytayotgani aks etgan.

Videoda masjid imomi Patris Baumelning islomni qabul qilish qarorini Isroilning davom etayotgan harbiy tajovuziga qaramay qarshilik ko'rsatishda davom etayotgan g'azoliklarning chidamliligi haqidagi taassurotlari bilan bog'laydi. Bu uni ushbu din haqida ko'proq bilishga undadi.

Jazoirning “Mouloudia Club d’Alger” futbol  klubi H tarmog'ida bunday yozadi: "Allohga hamdlar bo'lsin. Haqiqat diniga xush kelibsiz, Amir Bummel". Futbolchilar e'lonida esa bunday deyiladi: “Shunday qilib, frantsiyalik murabbiyimiz Patris Baumel masjidda ikki shahodat kalimani aytib, Islomni qabul qilganini e'lon qilib, o'ziga Amir ismini tanladi. Bu senga, ey Amir, onang seni dunyoga keltirgan kundan beri eng yaxshi xabardir, - dedi va quyidagi oyati karimani o'qib berdi: “Sizlar menga islomingizni minnat qilmangiz, balki agar (imoningizda) sodiq bo'lsangiz, bilingizki, Alloh sizlarni imonga hidoyat qilganini minnat qilur” (Hujirot, 17-oyat).  

Jamoa yaqinda mahalliy ligada “Parado” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng “Mouloudia Club d’Alger” muxlislari “Alloh buyukdir, Amir Bumel” deb hayqirishdi va murabbiy shukr sajdasi bilan javob qaytardi.

46 yoshli Baumel Zambiya va Kot-d'Ivuar terma jamoalariga ustozlik qilgan va frantsiyalik murabbiy Yerve Renarning yordamchisi bo'lgan. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

Islomda yo‘q...

03.07.2026   23913   1 min.
Islomda yo‘q...

1. Jaholatdan ko‘ra yomonroq faqirlik yo‘q.

2. Aqldan ko‘ra foydaliroq mol yo‘q.

3. O‘ziga bino qo‘yishdan ko‘ra yomonroq yolg‘izlik yo‘q.

4. Maslahatdan ko‘ra ishonchliroq bir-birini qo‘llash yo‘q.

5. Go‘zal xulqdek nasl-nasab yo‘q.

6. O‘zini tiya bilishdek taqvo yo‘q.

7. Tafakkurdek ibodat yo‘q.

8. Balog‘atga yetgandan so‘ng yetimlik yo‘q.

9. Fathdan so‘ng hijrat yo‘q.

10. Omonatga xiyonat qiluvchida iymon yo‘q.

11. Va’dasiga vafo qilmaydigan odamda din yo‘q.

12. Uch kundan ortiq arazlashib yurish yo‘q.

13. Istig‘for bilan gunohi kabira yo‘q.

14. Qur’on o‘qib yurgan banda uchun muhtojlik yo‘q va u uchun Qur’ondan ortiqroq boylik yo‘q.

15. Alloh uchun duodan o‘zga yoqimliroq narsa yo‘q.

16. Zulmdan ham ko‘ra jazosi tezroq keladigan narsa yo‘q.

17. O‘zgalarning och qornini to‘ydirishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q.

Davron NURMUHAMMAD